Til — ma’naviyat ko‘zgusi

20.10.2023, 16:00

Til — ma’naviyat ko‘zgusi

Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yil 21 oktabr kuni «O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingan edi. Unga binoan 21 oktyabr sanasi yurtimizda «O’zbek tili bayrami kuni» deb belgilanishi mamlakatimizning yangi tarixi, yangi taraqqiyot bosqichida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning ishonchli samarasi hamda mustaqil Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, madaniy-ma’naviy hayotida muhim o‘rin egallab kelmoqda.

O’zLiDeP Namangan viloyati hamda shahar Kengashi, Namangan muhandislik-qurilish instituti, hududiy kengash deputatlari bilan hamkorlikda 21 oktyabr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Til — ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Tadbirda partiya faollari ona tilimizning istiqboldagi taraqqiyotiga oid ma’lumotlari, davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi haqida o‘z fikr mulohazalarini yuritishdi. Zero, til har bir millatning eng qadrli boyligi, uning ma’naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vositadir.

Tadbir so‘nggida faol talabalar hududiy Kengashi deputatlari Olimxon va G’iyosiddin Babaxanovlar hamda Qobiljon Dadabayevlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

O’zLiDeP Namangan viloyati Kengashi

matbuot ximati

  • Ko'rildi
    84
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+