«Yashil makon» umummilliy loyihasida jizzaxlik partiya faollari alohida jonbozlik ko‘rsatmoqda

02.11.2023, 17:30

«Yashil makon» umummilliy loyihasida jizzaxlik partiya faollari alohida jonbozlik ko‘rsatmoqda

 “O’zbekiston–2030” strategiyasida barcha yo‘nalishlar qatori atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan islohotlar doirasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasini kengaytirish maqsadi belgilangan.

Unga ko‘ra har yili 200 million tup daraxt ekib borish va respublikada yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, ekiladigan har bir daraxtni parvarish qilish va sug‘orish tizimini yaratish, 1984ta yashil bog‘lar, shu jumladan 112ta yirik sanoat korxonalari tomonidan o‘z va tutash hududlarida uch yil davomida 30 million tup ko‘chatdan iborat «yashil belbog‘»lar barpo etish, barcha davlat idoralari, korxonalar, ta’lim muassasalari hududlarida «yashil bog‘lari», shahar va tuman markazlarida har 50-100 ming aholi uchun «jamoat parklari»ni tashkil etish va shu kabi muhim vazifalarni amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu yo‘nalishdagi maqsad va vazifalarning naqadar dolzarbligi bugun katta-yu kichikka yaxshi ayon. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbarida turib, insoniyat hayotiga tahdid solayotgan uchta inqiroz – iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillik yo‘qolishi va atrof-muhit ifloslanishini bartaraf etishga doir muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Bu tashabbuslarning amaliy ijrosi sifatida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda boshlangan «Yashil makon» umummilliy loyihasi mamlakatimizda iqlim o‘zgarishining oldini olishda eng muhim omillardan biri bo‘lib, loyiha doirasida keyingi besh yillikda respublikamizda bir milliard tup ko‘chat ekiladi.

Joriy yilning bahor mavsumida Jizzax viloyatda 9 mln. 842 ming dona daraxt, buta ko‘chatlari va qalamchalari ekish rejalashtirilgan edi.

Mavsum davomida xalqimizning sa’y-harakati bilan 10 millon 57 ming ko‘chatlar ekildi. Shundan, ijtimoiy soha ob’ektlarida 634 ming, avtomobil yo‘llari yoqasida 173 ming, obodonlashtirish ob’ektlarida 2 million 248 ming, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida 1861 ming, fermer xo‘jaliklari ekin maydonlari chetlarida 2771 ming, ixota sifatida 530 ming hamda mahallalar hududlarida 1838 ming tup ko‘chat nihollari qadaldi.

Xayrli an’anaga aylangan “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida mamlakatimizda joriy yil 25 oktyabrdan 1 dekabrga qadar yurtimizda “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilingan.

“Yangi O’zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan g‘oya ostida boshlanib ketgan umummiliiy harakatdan kutilgan maqsad aniq. U ham bo‘lsa, mahallalarda, ko‘cha va guzarlarda, tashkilot va korxonalar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, yo‘l chetlarida bo‘sh turgan joylarni bog‘-rog‘larga aylantirishdan iboratdir. Hisob kitoblar, shuni ko‘rsatmoqdaki, fermer xo‘jaligi yerlariga 1 dekabrga qadar xo‘jalik yerlarining bo‘sh turgan joylari va dala chetlariga yana 2 million 285 ming tup, oliy o‘quv yurtlari binolari atrofiga 105 ming tup, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga 328 ming tup, sog‘liqni saqlash muassasalari hovlilariga 127 ming tup ko‘chat ekish imkoniyati borligini ko‘rsatmoqda. Qolaversa, joylarda “Onalar bog‘i”, Yoshlar bog‘i” va boshqa yashil hudud hamda bog‘lar tashkil qilinmoqda.

Quvonarli tomoni, joylarda keng jamoatchilik a’zolari katta xayrixohlik bilan kirishgan ko‘chat ekish ishlarida partiyamiz faollari, - O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat kengashidagi “Agrar, suv xo‘jaliklari va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi Erkin Xolmatov, partiya viloyat Kengashi qoshidagi Faxriylar kengashi raisi, O’zbekiston Qahramoni Parda Ziyotov, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Jizzax viloyat Kengashi raisi, O’zbekiston Qahramoni Anorboy Eshmatov, viloyat “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Norqul Nusharov va boshqa maslakdosh deputatlarimiz bosh qosh bo‘layotgan bo‘lsalar, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlaridagi xalq noiblari, partiya “Ayollar qanoti”, “Yoshlar qanoti” guruhi faollari bu jarayonlarda alohida faollik ko‘rsatmoqdalar.

Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish ajdolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ulug‘ qadriyatlarimizdan biri. Shunday ekan, har bir yurdoshimiz, har bir partiya faoli “Yangi O’zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!”, degan ezgu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashiga ishonchim komil.

Sherzod MAMATQULOV

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi apparat rahbari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    81
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+