Partiyaning 20 yilligi tadbirlari davom etmoqda

20.11.2023, 16:24

Partiyaning 20 yilligi tadbirlari davom etmoqda

Sayxunobod tumani bolalar musiqa va san’at maktabida “20 yil O`zLiDEP bilan birga” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining tashkil topganiga 20 yil to‘lishi munosabati o‘tkazilgan tadbirda kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlar, partiya faollari ishtirok etdi.

Tadbirni tuman Kengashi deputati, partiya tuman Kengashi raisi Ulug‘bpek Niyazov ochib berdi.

-  Tumanimizda ham partiyaning o‘z o‘rni bor, - dedi tantanali tadbirda so‘zga chiqqan tuman Kengashi deputati Ulug‘bek Niyazov. -  Shu davr ichida boshlang‘ich partiya tashkilotlarimiz soni 42 tadan 80 taga yetkazildi. Ulardagi a’zolar soni 850 nafardan 5609 nafarga yetdi. Partiya a’zolarimizdan 10 nafari tuman Kengashi, 4 nafari viloyat Kengashi deputatlaridir. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ham bizning fraksiyamiz a’zosi. Partiyadoshlarimizdan ko‘pchiligi mamlakatimizning turli orden va medallari, esdalik nishonlari bilan taqdirlanganlar.

Partiya tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tumanimizda partiyaning tashkil etilishida bevosita jonkuyarlik qilgan insonlar Go‘zal Mamedova,  Mamarasul Abdurasulov, Davron Raximov, Baxtiyor Raximovlarning nomlarini alohida e’tirof etib o‘tish lozim.

Tadbir asnosida bir qator partiya faollari partiyaning esdalik  sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, 10 nafar partiya safiga qabul qilingan “Vatanparvar” tashkiloti xodimlariga a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

  • Ko'rildi
    132
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+