Maqsadimiz aholi manfaatlari uchun xizmat qilishdir
07.12.2023, 15:56
O`zLiDeP Asaka tuman Kengashi tomonidan “O’zbekiston - 2030” strategiyasining 75 - maqsadida ko‘zda tutilgan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam «ovoziga» aylantirish, davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni «aholi manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish, shuningdek, 78 - maqsadida Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini «Xalq xizmatidagi davlat» tamoyili asosida ish tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olganlar yangi Konstitutsiyada “Inson – jamiyat – davlat” hamda “Inson qadri uchun” tamoyillarining amal qilinayotganligi inson huquqlari ustuvor hisoblangan va qadrlangan davlatda ularni himoya qilish mexanizmlari doimo takomillashtirib, mustahkamlab qo‘yilganligini alohida ta’kidladilar. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, ayniqsa, unda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning ijtimoiy muhofazasi masalalari haqida yig‘ilganlarga tushunchalar berib o‘tildi.
Pirovardidida partiya faollari Konstitutsiyamiz haqida o‘z fikrlarini bildirib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring