Konstitutsiyam – qadr-qimmatim!

07.12.2023, 18:44

Konstitutsiyam – qadr-qimmatim!

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamlari orasida targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar g‘oyat ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Chirchiq shahridagi Chirchiq Pedagogika Universitetida takshil qilindi.

“Konstitutsiyam – qadr-qimmatim!” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Dilbar Usmonova, Nodir Jumayevlar, Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori Gafurjan Muxamedov, Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashidagi partiya deputatlari, partiya Chirchiq shahar Kengashi apparat rahbari Nozina Isakova, oliygoh professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.

Targ‘ibot tadbirida so‘zga chiqqanlar tomonidan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson, uning huquqi va erkinligi oliy qadriyat deya tan olinib, O’zbekistonning ko‘pmillatli xalqi irodasini ro‘yobga chiqarishda o‘ta muhim ahamiyat kasb etishi xususida fikr yuritildi. Yangilangan Bosh Qomusda inson va fuqaroning asosiy shaxsiy huquqi va erkinligini ta’minlashning konstitutsiyaviy kafolati yanada kuchaytirilgani alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – inson sha’ni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati sifatida g‘oyat muhim konseptual hujjat bo‘lib yaratilgani qayd etildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 7-moddasi birinchi bandida “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai”, degan norma belgilab qo‘yilgani izohlanarkan, bu norma timsolida O’zbekiston Respublikasida jahon miqyosida umume’tirof etilgan xalq hokimiyatchiligi prinsipi, ya’ni xalq suverenitetning tashuvchisi va davlat hokimiyatining yagona manbai ekanini anglatuvchi tamoyil mustahkamlab qo‘yilgani borasida tushunchalar berildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi barcha normalar yagona tushuncha, ya’ni “inson qadri” degan tushunchaning atrofiga qurilgani ta’kidlandi. Xususan, huquqiy davlat tushunchasidan tortib, sudga murojaat qilish, uy-joy bilan ta’minlanish, so‘z erkinligi va boshqa huquqlar, avvalo, insonga tegishli hisoblanishi borasida kiritilgan yangi normalar sharhlab berildi.

Tadbirda oliygohning faol talabalari ham so‘z olib, yangilangan Konstitutsiyada yoshlar masalasiga katta ustuvorlik berilgani haqidagi o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    217
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+