Ko‘zi ojizlar kutubxonasining faol partiya a’zolari rag‘batlantirildi

19.12.2023, 16:20

Ko‘zi ojizlar kutubxonasining faol partiya a’zolari rag‘batlantirildi

Surxondaryo viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasida O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” vakili Shoxista Allamuratova partiyaning Termiz shahar Kengashi bilan birgalikda davra suhbati o‘tkazdi. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvalash va ularning manfaatlarini himoya qilish mavzusida o‘tgan davra suhbatida “O’zbekiston-2030” strategiyasining 25-maqsadida qamrab olingan masalalar xususida so‘z bordi. Xususan, gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, “Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish borasida amalga oshirilayotgan qator amaliy ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Surxondaryo vohasi hududida partiya tashabbusi bilan bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazilib, ayollarning salomatligini tiklash borasida tavsiyalar berilayotgani, safimizda tadbirkor ayollar ko‘payishi uchun amaliy ko‘mak berilayotgani borasida misollar keltirildi.

Aytish kerakki, kutubxona jamoasi ham partiyamizning eng faol a’zolari sanaladi. Bugungi kunda kutubxonaning tumanlarda 13 ta filiali bo‘lib, kitobxonlarga oilaviy abonement, ovozli o‘qish, bibliobus kabi zamonaviy usullardan foydalanilgan holda kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda. Qolaversa, kutubxona qoshida tashkil etilgan “Ziyo” klubi tomonidan ham qator targ‘ibot va tashviqot loyihalari O’zLiDeP viloyat Kengashi bilan hamkorlikda olib borilayotgani, bu esa yangi kitobxonlar va kutubxona a’zolarining safini kengaytirayotgani quvonarli.

Tadbirda partiyaviy faoliyatda bir qator yutuqlarga erishgan, safdoshlarga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilish va amalga oshirishda jonkuyarlik ko‘rsatib kelayotgan kutubxona BPT raisi hamda bir guruh O’zLiDeP faollariga partiya Siyosiy Kengashi ijoroiya qo‘mitasi hamda viloyat Kengashining tashakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    68
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+