Nukusda “Kelajak uchun qadam” shiori ostida yosh siyosatchi qizlar forumi o‘tkazildi
26.12.2023, 12:46
O`zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Nukus tumani ma’naviyat-ma’rifat markazida “Kelajak uchun qadam” shiori ostida yosh siyosatchi qizlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda “O’zbekiston - 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ayniqsa xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalar, xususan Gender tengligini ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, siyosiy lider xotin-qizlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
Unda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda keyingi yillari amalga oshirilayotgan tub islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlar, ayniqsa xotin-qizlarimiz barcha sohalarda faol ishtirok etayotganligi, xususan, tadbirkorlik, ishbilarmonlik va fermerlik sohasida ulkan natijalarga erishayotganligi, yoshlarga O'zLiDeP faoliyati, partiyaviy loyihalarning yoshlar hayotida tutgan o‘rni, xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdilar.
Forum davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Klara Xudaybergenova
O`zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi
Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlar bilan ishlash
bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring