Kam ta’minlangan oilalar farzandlariga yangi yil sovg‘alari ulashildi

28.12.2023, 18:03

Kam ta’minlangan oilalar farzandlariga yangi yil sovg‘alari ulashildi

O‘zLiDeP Koson tuman Kengashi va “Ayollar kanoti” guruhi  tomonidan tumanda istiqomat qilayotgan “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun Yangi yil bayrami tashkil etildi.

Guruh rahbari Bahriya Qobilova rahbarlik qilayotgan “Vatanparvar bolajon”  xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbirda 40  dan ortiq bolajonlar taklif etildi. Ular uchun “Yangi yil tarannumi” deb nomlangan musiqali bayram tadbiri namoyish etildi. Qorbobo va Qorqiz ishtirok etgan bayramda qo‘shiqlar kuylandi, raqslar ijro etildi.Ayniqsa, Vatan, ona, ustozlar, Yangi yilga bag‘ishlangan she’r ijro etgan bolakaylar Qorbobodan chiroyli sovg‘alar qabul qilib olishdi. 

- Bolalar umidimiz g‘unchalari, baxtimiz yulduzlaridir, - deydi  O‘zLiDeP Koson tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Ulug‘bek Boymurodov. – Ular quvongan kezlarda dunyo shodlikka to‘ladi. Hayotimiz quvonchlari bo‘lgan jajji o‘g‘il-qizlarni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol insonlar bo‘lib ulg‘ayishlari uchun g‘amxo‘rlik qilish  mustaqil davlatimiz, ota-onalarimizning muqaddas burchidir. Muhtaram Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida yosh avlod Yangi O’zbekistonimiz ustunlari ekanliklarini ko‘p bor takrorlaydilar. Bolajonlar bir ulashgan yangi yil liboslarida raqsga tushib, qo‘shiq kuyladilar.

Bayram chog‘ida bolajonlar bilan ochiq muloqot tashkil etib, ularning kelgusidagi orzulari bilan qiziqdik. Yangi yil sovg‘alari, qiziqarli kitoblar ulashdik. Tumanda Yangi yil bayramlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    89
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+