Yangi yil bayrami arafasida shifoxonadagi bolalar holidan xabar olindi

29.12.2023, 12:23

Yangi yil bayrami arafasida shifoxonadagi bolalar holidan xabar olindi

Bolajonlar Yangi yil bayramini orziqib kutadilar. Chunki shirinlik va o‘yinchoqlardan iborat bayram sovg‘alari ularga bir olam zavq ulashadi. Ayniqsa, Yangi yilni xonadonida emas, kasalxonada qarshi olayotgan bemor bolalar uchun bu orzudek gap.

Bayram arafasida O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi partiya vakillari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filialida uyida va shifoxonada davolanayotgan jajji kichkintoylarni bayram bilan qutlash maqsadida kasalxonaga bordi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Sag‘indiq Turmanov uy sharoitida va shifoxonada davolanayotgan bolajonlarni bayram bilan tabriklab, tezroq tuzalib, xonadonlarda sog‘-salomat yurishlarini tiladilar hamda ularga atalgan sovg‘alarni ulashdilar.

Bemorlarni davolayotgan shifokorlarga ham o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Haqiqatdan ham insonlar qalbiga yo‘l topish, ularning dardini tinglash va muammolariga yechim topish faqatgina sahovatpesha insonlarga xos xususiyatdir. Xalqimizda shunday gap bor: “Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak”. Bu gap bejizga aytilgani yo‘q. Bayram arafasida bolajonlarga xursandchilik, shodlik, quvonch bag‘ishlash esa bu xalqimizga xos fazilat.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    84
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+