Davlat va jamiyatning hal qiluvchi kuchi
06.01.2024, 10:01
Prezidentimizning O’zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigini navqiron avlodning barcha vakillari, xususan yosh tadbirkorlar qatori men ham alohida mamnuniyat bilan tinglab, o‘z xizmat vazifalarim va partiyaviy faoliyatimdan kelib chiqqan holda navbatdagi reja - vazifalarimni belgilab oldim.
Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining tabrigidagi “Yangi yilda iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlik va xususiy mulk uchun keng imkoniyatlar yaratishni yanada kuchaytiramiz.
Ilm - fan, innovatsiya, IT kabi sohalarni, “yashil” va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz” degan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash zamirida bevosita yoshlarimizga, ularning bugungi va kelgusidagi orzu - umidlarini ro‘yobga chiqarishga har tomonlama ko‘maklashishga qaratilgan real say’ - harakatlar mujassam ekanligini bilib olish qiyin emas. Qolaversa, mamlakatimizda yoshlar masalasiga doimiy e’tibor yanada kuchayib, mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilganligini davlatimiz rahbari tabrigida aniq va teran anglasa bo‘ladi.
2024 yilga “Yoshlar va biznesni qo‘llab - quvvatlash yili” deb nom berilishi yoshlar – davlat va jamiyatning hal qiluvchi kuchi ekanligining amaldagi tasdig‘idir. Bu esa zimmamizga yanada katta mas’uliyat yuklaydi.
Sherzod Ahadov,
O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi Yoshlar va
biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Saylovoldi dasturi ijrosi: parlament nazorati va fraksiyalararo raqobat
13.04.2024, 21:48
-
Jizzaxda tomorqalarni ishga solish bo‘yicha 309 ta mahallaga lider tadbirkor – eksportchilar biriktirilishi belgilandi
09.04.2024, 20:28
-
Jizzaxda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar Yangi O’zbekistonni qamrab olgan bunyodkorlik jarayoniga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda
09.04.2024, 20:26
-
O’zbekiston va Qozog‘iston hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda
09.04.2024, 17:27
-
Yerdan samarali foydalanish - yoshlar bandligi va daromadini oshirishning muhim omilidir
09.04.2024, 17:19
Fikringizni qoldiring