Yangi O’zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir

09.01.2024, 18:00

Yangi O’zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan partiya hududiy kengashlari tomonidan uchrashuvlar tashkil qilinyapti.

Xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda aholi o‘rtasida milliy armiyamizdan g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida O'zLiDeP Samarqand viloyat va shahar Kengashi hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda deputatlar, harbiy xizmatchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

“Yangi O’zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarga milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar borasida ma’lumotlar berildi.

Fazliddin G’aybullayev,

O'zLiDeP Samarqand shahar Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    280
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+