“Xalq va armiya – bir tanu bir jon!”
11.01.2024, 12:52
Ayni kunlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat miqyosida keng qamrovli uchrashuvlar va amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan, Jizzax garnizonida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyili asosida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Partiya viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari, xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining deputati Farhod Odilov, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Jizzax viloyati mintaqaviy bo‘linmasi mas’ul xodimi, harbiy qism zobit va askarlari ishtirok etgan tadbirda “O’zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
“O’zbekiston-2030” strategiyasida belgilanganidek, yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish, o‘quv jarayonlariga harbiy tayyorgarlikning zamonaviy usullarini keng joriy etish borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi.
Tadbir davomida so‘z olgan harbiylar ham xizmat vazifalarini bajarish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini, mamlakatimiz tinchligi va osudaligi ishonchli qo‘llarda ekanligini ta’kidlab, bundan keyin ham jangovar tayyorgarlikni yanada kuchaytirib borishlarini aytib o‘tdilar.
Xolbek ASATOV,
O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim va
deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring