Samarqandning mutasaddi rahbarlari hisobot berdi

19.01.2024, 16:07

Samarqandning mutasaddi rahbarlari hisobot berdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat “Toza hudud” davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari hamda “Samarqand suv ta’minoti” MChJ rahbarlarining hisoboti eshitildi.

Hisobotga ko‘ra, viloyatda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy qilingan.

Bugungi kunda, “Toza hudud” DUK 8 ta tumanlardagi filiallari tomonidan yuridik tashkilotlar va aholiga qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Tuman MFYlar aholisiga xizmat ko‘rsatayotgan maxsus mavjud texnikalarning 130 tasiga GPS onlayn kuzatish uskunalari o‘rnatilgan va tashkil etilgan onlayn nazorat markazi tomonidan nazorat qilinib boriladi.

“Samarqand suv ta’minoti” MChJ hisobotiga ko‘ra, 2023 yilda jami 347,3 mlrd.so‘m mablag‘lar evaziga  806,3 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 167 dona inshootlar qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, natijada 85,9 ming nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi, 160 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, korxona tomonidan 51,0 km suv tarmoqlari tortildi,                 53 dona energiya tejamkor nasoslari almashtirildi.

Viloyat aholisini ichimlik suv va oqova tizimini yanada yaxshilash maqsadida 2024 yilda bu ishlarni davom ettirish uchun 20 ta yangi inshooti, 5 ta inshootlarini rekonstruksiya hamda 247,5 km tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha takliflar berilgan.

Ichimlik suv tarmoqlarini joriy va mukammal ta’mirlash hamda tarmoqdagi suv yo‘qotish darajasini qisqartirish maqsadida 85 ta nasoslar hamda 23,6 km suv tarmoqlarini joriy va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirish rejaga kiritilgan.

Ushbu ishlar natijasida 118 ming nafar aholi markazlashgan suv bilan ta’minlanadi, 147 ming nafar aholining suv ta’minoti yaxshilanib, markazlashgan suv ta’minoti 75,4 foizdan 78,6 foizga yetishi rejalashtirilgan.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi uchta masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ko‘tarilgan masala va muammolar bo‘yicha OʻzLiDeP viloyat deputatlik guruhi a’zolarining fikr  - mulohazalari va takliflari ko‘rib chiqildi va deputatlik guruhi tomonidan nazoratga olindi.

Nodir To‘rayev,

OʻzLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri.

  • Ko'rildi
    65
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+