Andijonda “Yashil energiya» texnologiyalarini keng joriy qilish borasidagi ishlar o‘rganildi

01.02.2024, 11:55

Andijonda “Yashil energiya» texnologiyalarini keng joriy qilish borasidagi ishlar o‘rganildi

Mamlakatimizda energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlar tomonidan  qo‘shimcha energiya manbaalarini  bunyod etish va ularni amaliyotga joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi tobora kuchayib borayotgan  bir paytda qo‘shimcha energiya ishlab chiqaruvchi manbaalarni qo‘llash  masalasi dolzarb  bo‘lib qolmoqda. Mazkur masalaning yechimlarini topish, yashil energiya texnologiyalarini kundalik hayotimizga faol jalb etish masalasi deputatlarimiz nazaridan chetda qolmadi.

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakillari va Oliy Majlis Konunchilik palatasi deputati Begali Qodirov "O’zbekiston - 2030" strategiyasining  65 – maqsadida ko‘zda tutilgan “Yashil energiya» texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini kamaytirish yuzasidan Andijon viloyatida o‘rganish ishlarini olib bordi.   

Norin-Qoradaryo ITHB (irrigatsiyasi tizimi hududiy boshqarmasi) huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tomonidan 2023 yil davomida 25 dona yangi eletrodvigatel,  21 dona nasos agregatlari nasos stansiyalariga o‘rnatilib, natijada 1,408 mln kVt/s elektr energiyasi  tejab  qolindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 sentyabrdagi Jahon banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida  suv resurslarini boshqarish  2-bosqich” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi    qarori asosida Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi ham o‘z grant mablag‘lari hisobidan Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Xo‘jaobod hamda Buloqboshi  tumanlarida mavjud tik sug‘orish quduqlariga quyosh panellari hamda ularga zamonaviy filtlar o‘rnatildi.

Xo‘jaobod tumanida 2022  yilda 35 kVtli quyosh paneli o‘rnatildi.  Buning hisobiga 64 ming kVt elektr energiya iqtisod qilindi. Buloqboshi tumanida ham 2022 yilda 50 kVtli quyosh paneli o‘rnatilib, 1 yilda 96 ming kVt elektr energiya iqtisod qilishga erishildi. Qo‘rg‘ontepa tumaniga 40 va 50 kVtli quyosh panellari o‘rnatilib, 1 yilda 158 ming kVt elektr energiyasi iqtisod qilishga erishildi. 2023 yilda  boshqarma ma’muriy binosiga 50 kVt quyosh paneli o‘rnatildi va tumani nasos stansiya bo‘linmalariga 2 kVt dan 8 dona quyosh panellari  o‘rnatildi. Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi 2023 yilda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ajratilgan 277.1 mln kVt soat elektr energiyani yil davomida energiya tejamkor  qurilmalar o‘rnatilishi va nasos stansiyalaridan chiqarilgan suvlarni isrofgarchilikga yo‘l qo‘yilmaganligi hisobiga 29.9 mln kVt soat elektr energiya iqtisod qilinishiga erishildi.

Andijon viloyatida “yashil energiya” texnologiyalarini faol amaliyotga qo‘llashga  keng qo‘lamda e’tibor qaratib kelinayotganligi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda viloyat, tuman va shahar deputatlarining doimiy nazoratiga olingan.

  • Ko'rildi
    104
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+