Samarqand shahrida jamoat transportini yaxshilash hamda madaniy meros ob’ektlarini saqlash borasidagi ishlar tahlil qilindi

02.02.2024, 17:39

Samarqand shahrida jamoat transportini yaxshilash hamda madaniy meros ob’ektlarini saqlash borasidagi ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Samarqand shaharda jamoat transportini rivojlantirish hamda ularning harakatini yaxshilash, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar hamda shaharda madaniy meros ob’ektlarini rekonstruksiya qilish va saqlash ishlarini amalga oshirish ishlari holati to‘g‘risida soha mas’ullarining hisobotlari eshitildi.

Samarqand viloyat transport boshqarmasi mas’ul xodimi Maxmud Uzoqovni  ta’kidlashicha, 2023 yilda tadbirkorlar tomonidan 111 ta avtobus va 27 ta mikroavtobus xarid qilindi, shuningdek, “Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki” tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga dastlabki 6 dona “Yutong” rusumli elektrobuslar olib kelinib, 43 ta yangi yo‘nalishlar tarmog‘i tashkil etilgan va 102 mln nafar aholiga jamoat transporti xizmatlari ko‘rsatildi.

2024 yilda Samarqand shahriga tashrif buyuruvchi mehmonlarga sifatli transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida shaharning tarixiy obidalariga olib boruvchi 5 ta ekspress yo‘nalishlari rejalashtirilgan bo‘lib,  Cho‘ponota maskani hududidagi 4,6 gektar yer maydonida “SXF-Camping” MChJ tomonidan 50 mlrd.so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy avtoshoxbekat qurilib foydalanishga topshiriladi.

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar natijasida yil davomida qariyb 114 mln nafar yo‘lovchilarga sifatli va arzon jamoat transporti xizmati ko‘rsatilishiga erishiladi.

Kun tartibining ikkinchi masalasi yuzasidan Samarqand viloyat madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i v.v.b Ziyodulla Nasimovning hisoboti eshitildi.

Samarqand viloyatida jami 1607 ta moddiy madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 973 ta arxeologiya, 564 ta arxitektura ob’ektlari, 36 ta monumental san’at asarlari, 34 ta diqqatga sazovor joylardir.

Viloyatdagi madaniy meros ob’ektlarining 483 tasi Samarqand shahrida joylashgan bo‘lsa, 1124 ta Kattaqo‘rg‘on shahri va tumanlarda joylashgan.

Samarqand shahridagi madaniy meros ob’ektlaridan 14 ta arxeologiya merosi, 469 ta arxitektura ob’ektlari, 36 ta Monumental san’at yodgorliklari, 23 ta Diqqatga sazovor joylar hisoblanadi.

Yig‘ilishda  kun tartibidagi uchta masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ko‘tarilgan masala va muammolar bo‘yicha OʻzLiDeP viloyat deputatlik guruhi a’zolarining fikr - mulohazalari va takliflari  ko‘rib chiqildi va deputatlik guruhi tomonidan nazoratga olindi.

Fazliddin G’aybullayev,

OʻzLiDeP Samarqand shahar Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    124
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+