Partiya vakillari tadbirkorga o‘z faoliyatini kengaytirishi uchun yordamlashadi

08.02.2024, 17:48

Partiya vakillari tadbirkorga o‘z faoliyatini kengaytirishi uchun yordamlashadi

O’zLiDeP Marhamat tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Bunyodkor ayol” loyihasi doirasida mahallalarda ishsiz, uyda o‘tirgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash, real daromad manbaiga ega qilish, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish, ish faoliyatlarini kengaytirishga qaratilgan uchrashuvlar tashkil qilib kelmoqda.

Partiya vakillari tumandagi “Chilon” MFYda faoliyat olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Xilola Saidumarovaning faoliyati bilan tanishdilar. Tadbirkor tikuvchilikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, mahalladagi 14 nafar “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan.

Birgina yanvar oyining o‘zda tikuvchi ayollar 200 dan ortiq kurtka tikib berdilar. Marhamatlik ayollar tikkan sifatli va bejirim  kiyimlar Rossiya davlatiga eksport  qilindi. Endilikda ular ayollar liboslari va maxsus kiyimlar tikish uchun buyurtma olib, ish yuritishni mo‘ljallashmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xusanboy Sheraliyev tadbirkor faoliyati bilan tanishar ekan, tadbirkor faoliyatini yanada kengaytirish uchun 4 ta ko‘p funksiyali tikuv mashinasi sotib olish uchun subsidiya ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatadigan bo‘ldi.

Endilikda  yakka tartibdagi tadbirkor  faoliyati yanada kengayib, mahsulot turlari oshadi.

  • Ko'rildi
    45
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+