Kegeylida ajrimlar bo‘lmasligi kerak

08.02.2024, 19:03

Kegeylida ajrimlar bo‘lmasligi kerak

O‘zLiDeP Kegeyli tuman kengashi tomonidan “Farovon oila” loyihasi doirasida “Ajrimlar profilaktikasi va salbiy holatlarga moyillik – muammo, vazifa hamda uni yechish yo‘llari” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlari, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, mutasaddi tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, salbiy ijtimoiy harakatlar, ayniqsa, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

– Oilaning mustahkamligi er va xotinning o‘zaro totuv hayot kechirishiga bog‘liq, bu farzandlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega, – deydi partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bo‘lim mudiri Jamila Yegambergenova. – Qachon oila baxtli bo‘ladi? Qachonki, ayol baxtli bo‘lsa. Qachon ayol baxtli bo‘ladi? Avvalambor, uning bolalari vaturmush o‘rtog‘i sog‘-omon bo‘lsa. Qachon ayol hayotdan rozi bo‘ladi? Qachonki, oilasi tinch, ro‘zg‘ori farovon bo‘lsa, ertangi kunidan ko‘ngli to‘q bo‘lsa...

Uchrashuv davomida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani, unda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va sog‘liqni saqlash yo‘nalishida qator vazifalar ko‘zda tutilgani, loyihaga xotin-qizlarimiz ham o‘z takliflarini berish imkoniyatiga egaligi alohida taʼkidlandi.

Tadbir so‘nggida yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, ajrimlarning oldini olish va qadriyatlarni asrash borasida fikr-mulohazalar bildirilib, amaliy takliflar ishlab chiqildi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    43
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+