Jamoatchilik nazorati: Tibbiyot markazlari faoliyati o‘rganilmoqda

09.02.2024, 15:50

Jamoatchilik nazorati: Tibbiyot markazlari faoliyati o‘rganilmoqda

 “O’zbekiston - 2030” strategiyasining 13-17-maqsadlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida O’zLiDeP Andijon viloyati Kengashida tuzilgan ishchi guruh tomonidan  jamoatchilik nazorati olib borildi.

Mazkur nazorat tadbirida strategiyada ko‘zda tutilgan aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha islohotlar, aholining o‘rtacha umr davomiyligini oshirish, aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish, onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash, onkologik kasalliklarni erta aniqlash va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.

Markazga tashrif davomida shifokorlar va hamshiralar tibbiy islohotlarning izchil amalga oshirilayotganligi bugungi kunda o‘z  ijobiy natijalarini berayotganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Nazorat tadbiri davomida 30 — 69 yoshdagi aholi orasida onkologik kasalliklarning profilaktik ko‘riklarda erta bosqichlarida aniqlab, 5 yillik umr davomiyligi ko‘rsatkichlarini 2 barobar oshirish, 1 yilgacha o‘lim ko‘rsatkichini 2 barobar kamaytirish yuzasidan tibbiyot markazida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Tibbiyot markazi ish faoliyati bilan tanishish davomida 4 – jarrohlik bo‘limi mudiri Muhammadiy Mamadaliyev ishchi guruhga hamrohlik qilib, keyingi yillarda markazda amalga oshirilgan ishlar, qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar haqida shunday fikr bildirdi:

-  Tibbiyot markazimizda bemorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Yangi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlangan. Bemorlar uchun zarur dori-darmonlar, yangi tibbiy uskuna va anjomlar muntazam yetkazib berilayotganligi bois, markazimizda bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi oshmoqda. Bunda, albatta, o‘z vaqtida  malakali mutaxassislar tomonidan onkologik xizmatlar ko‘rsatilayotganligi   o‘z natijasini bermoqda. Bugungi kunda markazimizda  maxsus tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun qo‘shimcha bino qurilishi ham jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Bundan tashqari, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan kasallikni erta aniqlash, uning profilaktikasini amalga oshirish borasida mutaxassislar tomonidan joylarda amaliy seminarlar o‘tkazish bo‘yicha ishlar rejalashtirildi.

  • Ko'rildi
    72
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+