Fermerlar faoliyati bilan tanishildi

13.02.2024, 09:02

Fermerlar faoliyati bilan tanishildi


Qishloq xo‘jaligi qo‘shimcha imkoniyatlarga boy soha bo‘lib hisoblanadi. Hayotimizning farovonligi, qolaversa bozorlarimizning fayzi ko‘p jihatdan ushbu sohaga bog‘liq. Shu bois keyingi yillarda agrar sohani tubdan isloh qilish va uni bozor talablariga moslashtirish ishlariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bozorlarimiz, qolaversa xalqimiz dasturxoni to‘kin-sochinligi yo‘lida kun-u tun mehnat qilayotgan dehqon-u fermerlar nafaqat o‘z oilasi, balki iqtisodiyotning ham muhim tayanchi hisoblanadi. Ayniqsa, fermerlik qishloq xo‘jaligida hal qiluvchi kuchga aylandi.

 Sohada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning qariyb barchasi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham aholi, xususan, yoshlar bandligini taʼminlash, ularning doimiy daromad manbaini shakllantirish, oilalar daromadini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu borada Beruniy tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Beruniy tumanida fermerlar bilan muloqot qildi, muammo va takliflarini o‘rgandi.

Dastaval Spiker o‘rinbosari agrar soha vakillariga soha rivoji bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berdi. Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi I.Yunusov, O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari A.Aybergenov, Beruniy tumani hokimining birinchi o‘rinbosari U.Matirzayev, mutasaddi tashkilot vakillari, dehqon fermer xo‘jaligi rahbarlari va OAV vakillari qatnashdi. 

Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini taʼminlash hamda agrar sohada aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish, shuningdek, «Bir hudud — bir mahsulot» tamoyili asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida Beruniy tumanidagi “Ozod Intensiv bog‘” fermer xo‘jaligida seminar ham tashkil qilindi.

Seminarda mazkur tamoyil asosida dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish borasidagi ishlar, eksportbop mahsulotlarni yetishtirish tajribalari namoyish etildi. Bunda Beruniy tumani misolida dehqon xo‘jaliklarini sifatli urug‘liklar bilan taʼminlash, eksportchi-agregatorlar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama etildi.  

Seminar ishtirokchilariga Prezidentimizning PQ-373 sonli qaroriga muvofiq dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, eksport salohiyatini oshirish, kooperatsiya tamoyillari asosida eksportbop ekinlarni oqilona joylashtirish, kafolatli xarid qilish masalalari tushuntirildi. 

 

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    72
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+