Xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
14.02.2024, 17:36
O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Faxriylar kengashi hamda Qarshi tuman kengashi hamkorligida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Qovchin oilaviy poliklinikasida “Sog‘lom oila-mustahkam oila!” loyihasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
- Ayol kishi ro‘zg‘or tashvishlari bilan bo‘lib, salomatligiga qaray olmaydi,-deydi Shahlo Xidirova. – Ko‘pdan beri shifokorga uchrashaman deb yurardimu, fursat va mablag‘ topolmasdim. Bugungi tibbiy ko‘rik uchun tashkilotchilarga katta rahmat. Menga malakali tashhis qo‘yishib, davolanish uchun shifoxonaga yo‘llanma berishdi.
Chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik davomida ushbu hududdagi Omontepa, Shirkent, Qovchin qishloqlarida istiqomat qilayotgan istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, uyda o‘tirgan, yosh bolali onalar hamda keksa onaxonlar 134 nafar xotin-qizlar qamrab olindi.
Tibbiy ko‘rik davomida malakali shifokorlar to‘щakda mixlanib qolgan, uyda erkin harakatlana olmaydigan faxriy onaxon va otaxonlarning xonadonlariga tashrif buyurishib, salomatligi tekshirib ko‘rishdi, qo‘yilgan tashhis asosida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha qo‘shimcha dori-darmon, muolajalar tavsiya etishdi.
Shuningdek, ko‘rik davomida bioximiya taxlili, qondagi diabet, turli xil yuqumli kasalliklar uchun qon taxlillari, uzi, eko ultratovush tekshiruvlari tashkil etildi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi
28.04.2024, 12:38
-
Deputat mahalladadagi yettilik faoliyatini o‘rgandi
27.04.2024, 16:34
-
Shofirkonlik mohir tikuvchi “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichiga yo‘llanma oldi
27.04.2024, 16:32
-
Nishonda kartoshkachilik rivojlanmoqda
27.04.2024, 16:29
-
Nishonda kartoshkachilik rivojlanmoqda
27.04.2024, 16:04
Fikringizni qoldiring