Joriy yilgi davlat dasturi ijrosini ta’minlashdagi dolzarb vazifalar belgilab olindi

06.03.2024, 12:40

Joriy yilgi davlat dasturi ijrosini ta’minlashdagi dolzarb vazifalar belgilab olindi

O’zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkilotida Prezidentimizning “O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlashda deputatlar va partiya faollarining  ishtirokiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.

Siyosiy kuchning viloyatdagi shahar va tuman bo‘limlari apparat rahbarlari ham ishtirok etgan mazkur tadbirda dastaval joriy yilning ikki oyi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.  Jumladan,  ayni kunlarda davom etayotgan BPTlardagi hisobot-saylov yig‘ilishlarini, targ‘ibot tadbirlarini  talab darajasida o‘tkazish,   jamoatchilik nazorati tadbirlarida deputatlarning faolligini yanada oshirish, partiya safiga fidoiy, vatanparvar yangi a’zolarni jalb qilish, partiya nashri ommaviyligini ta’minlash kabi masalalar atroflicha tanqidiy tahlil qilib chiqildi. Bu boradagi ishlarni yaxshilash to‘g‘risidagi takliflar umumlashtirilib, vazifalar belgilab olindi.

So‘ngra,  “O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida hududlarda amalga oshiriladigan amaliy jarayonlarda joylardagi boshlang‘iya partiya tashkiloti a’zolari va deputatlarning faolligini oshirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Davra suhbati davomida bildirilgan fikr va mushohadalar, takliflar umumlashtirilib, chora – tadbirlar  belgilab olindi. 

Sirojiddin Axmatov, 

O’zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti

Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    44
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+