Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi hisobot berdi

13.03.2024, 21:45

Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi hisobot berdi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan viloyatning 2023 yil mahalliy byudjeti ijrosi hamda 2024 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan viloyat Moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Nurmatovning hisoboti eshitildi.

Taʼkidlanganidek, so‘ngi yillarda iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan bir qator qaror va farmonlarning qabul qilinishi viloyatimiz iqtisodiy o‘sishiga zamin yaratmoqda. Xususan, 2023 yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 21,5 trln.so‘mni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 105,9 foizga (aholi jon boshiga 23,8 mln so‘m) o‘sdi.

Sanoat mahsulotlari hajmi 15,2 trln so‘m (107,1 foiz), qishloq xo‘jaligi 14,7 trln. so‘m (106,4 foiz), asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 15,3 tlrn.so‘m (113,9 foiz), qurilish pudrat ishlari 3,9 trln so‘m (107,9 foiz), xizmatlar 6,1 trln so‘mni (110,9 foiz) tashkil etdi.

Shuningdek, 2023 yil Sirdaryo viloyati mahalliy byudjeti daromadlar prognoz rejasi 1 trln 137,0 mlrd. so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, joriy yil yakuni bilan 1 trln 246,2 mlrd. so‘mga yoki byudjetga 109,2 mlrd. so‘m mablag‘lar ortig‘i bilan tushirildi.

Mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida hamda Hukumat qarorlari asosida respublika byudjetidan ajratilgan qo‘shimcha mablag‘larni inobatga olgan holda viloyat mahalliy byudjeti xarajatlari yil yakunlari bilan 3 trln. 157,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa, joriy yil uchun tasdiqlangan (2 trln. 492,2 mlrd. so‘m) byudjet parametrlariga nisbatan 126,7 foizga oshdi.

         Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan sohaga oid ko‘plab savollar berildi. Taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi. Mutasaddining hisobotini qoniqarli deb topgan deputatlar bildirilgan taklif va mulohazalar asosida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

 

  • Ko'rildi
    45
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+