Oilaviy poliklinikalar faoliyati o‘rganildi

13.03.2024, 22:03

Oilaviy poliklinikalar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi aʼzosi M.Raxmonova tuman markazida joylashgan “Bunyodkor” mahallasi hududidagi Oilaviy shifokorlik poliklinikasida onalik va bolalikni muhofazasi bilan qamrov holati hamda yaratib berilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida aniqlagan holatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli taklif va ko‘rsatmalar berilib, ko‘rikka kelgan bemorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi, ularga sog‘lom ovqatlanish ratsioniga amal qilish yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuni taʼkidlash lozimki, ushbu jarayonlarda asosiy eʼtibor aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, fuqarolarning tibbiy bilim va madaniyatini oshirish, kasalliklarni ilk davrida aniqlash va davolash choralarini ko‘rishga qaratilgan.

Bundan tashqari bu kabi istiqbolli tadbirlarning amaliy samarasi natijasida shu kunning o‘zida ishtirokchilar partiyaning dasturiy maqsad va rejalari, ayniqsa ushbu siyosiy tuzilmaning aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish bilan bog‘liq ustuvor vazifalari to‘g‘risida yaqindan maʼlumotga ega bo‘lishdilar.

  • Ko'rildi
    46
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+