Quyi bo‘g‘inlar faoliyati sarhisob qilinyapti

14.03.2024, 18:01

Quyi bo‘g‘inlar faoliyati sarhisob qilinyapti

O‘zLiDeP Qorako‘l tuman tashkiloti tarkibida 65 ta BPT bo‘lib, ular o‘z safiga 7987 nafar a’zoni birlashtirgan. Tumandagi 27 ta BPT ko‘p sonli partiya quyi bo‘g‘ini bo‘lib, shu kungacha ularning salkam 40 tasida navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

Peshqadam BPTlardan biri tuman tibbiyot birlashmasi huzurida tashkil etilgan quyi bo‘g‘indir. Hozirgi paytda bu yerda 352 nafar maslakdoshlar faoliyat yuritib kelmoqdalar.

O’tgan davr mobaynida O‘zLiDeP a’zolari o‘z yetakchilari Gulchehra Saidova boshchiligida ushbu hududdagi “Paxtakor”, “Zarafshon” shuningdek, tuman Muruvvat uyi, 1-son MTT, sanitariya-epidemiologiya markazi, sud-tibbiyot ekspertizasi kabi tashkilot va muassasalarida bo‘lib, O‘zLiDePning dasturiy g‘oya va maqsadlarini targ‘ib etdilar. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar samarasi tufayli BPT a’zolari soni hisobot davrida 82 nafarga ko‘paydi.

BPTda o‘tkazilgan galdagi hisobot-saylov yig‘ilishida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha quyi bo‘g‘in yetakchisi G.Saidovaning axboroti tinglandi va ushbu faoliyat ijobiy baholandi. G.Saidova quyi bo‘g‘in yetakchiligiga qayta saylandi. BPTning 2024 yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi.

Tumandagi ko‘p sonli BPTdan yana biri Regi Haydar MFY hududidagi tibbiyot kollejida tashkil etilgan, o‘z atrofiga 310 nafar a’zolarni birlashtirgan tayanch bo‘g‘indir. Quyi bo‘g‘inda bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishida ushbu tayanch bo‘g‘ini yetakchisi Mehri Axmedovaning 2023 yildagi faoliyati yuzasidan tanqidiy-tahliliy hisoboti tinglandi.

Yig‘ilishda so‘z olganlar BPT tomonidan hisobot davrida joylarda partiyaviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda muayyan natijalarga erishilganligi, joriy 2024 yilda ham partiya a’zolari zimmasida katta mas’uliyat borligini ta’kidladilar. “O’zbekiston-2030” strategiyasi va “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda ular faoliyat olib borishlari zarurligiga alohida e’tibor qaratdilar. Ushbu vazifalardan kelib chiqib BPTning 2024 yildagi ish rejasini tasdiqladilar.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, BPT raisligiga M.Haydarova qayta saylandi.

  • Ko'rildi
    27
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+