Yirik korxonada o‘tgan yil sarhisobi muhokama qilindi

14.03.2024, 18:19

Yirik korxonada o‘tgan yil sarhisobi muhokama qilindi

O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashidagi yirik boshlang‘ich partiya tashkilotlaridan “MEXMASH” mas’uliyati cheklangan jamiyatida hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda mazkur quyi bo‘g‘inning o‘tgan yildagi faoliyati sarhisob qilindi hamda joriy yildagi ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Bugungi kunda mazkur korxonaning 184 nafar ishchi-xodimlari partiya safida turib mehnat qilayapti. Ushbu quyi bo‘g‘in hududdagi ko‘plab ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlashda, kasb-hunar va tadbirkorlikning sir-asrorlarini o‘rgatishda, biznesga jalb qilishda amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, mahallalarda mavjud muammolarni hal qilishda deputatlik guruhlari bilan yaqin hamkorlikda ishlar tashkil qilinyapti.

Yig‘ilishda mazkur quyi bo‘g‘inning o‘tgan yilgi faoliyatiga ijobiy baho berilarkan, joriy yilgi davlat dasturi hamda partiya dasturlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

  • Ko'rildi
    37
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+