Tadbirkorlar va yoshlar “Do‘stlik uyi”da

16.03.2024, 15:04

Tadbirkorlar va yoshlar “Do‘stlik uyi”da

O`zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Do‘stlik uyi”da tadbirkorlikka  qiziqayotgan yoshlar ishtirokida uchrashuv va mahorat darsi tashkil etildi.

Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlari, tegishli soha vakillari, tadbirkorlar, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining fizika fakulteti talaba yoshlari, tyutorlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda yosh yakka tadbirkorlar Gulbanu Xojanova va Guljaynar Bayxarayeva bilan yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, malakalarini oshirish, kasb-mahoratlarini takomillashtirish, tadbirkorlikda erishish mumkin bo‘lgan “muvaffaqiyat sirlari” haqida dildan suhbatlashildi.

Uchrashuvdan so‘ng ishtirokchilar uchun  taqinchoq ishlash hamda milliy kiyimlarni tikish bo‘yicha bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan kasb ustalari tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.

-Bugun men 15 daqiqa ichida zirak yasab oldim. Bundan juda hursandman, biz qo‘limiz bilan bir narsani ishlab ko‘rmaganimizcha uni qiyin deb hisoblab yurar ekanmiz. Aslida «Ko‘z qo‘rqoq qo‘l botir» deb to‘g‘ri aytilgan ekan. Mahorat darsida bizlar nafakat taqinchoqlar yasash, balki uning homashiyolarini qayerlardan olish mumkin, tayyor taqinchoqlarni qanday sotish yo‘llari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldim, – deydi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Munira Baxadirova.

 Uchrashuv davomida talaba yoshlar tadbirkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ham amaliy va teoriya jihatidan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Klara Xudaybergenova

O`zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi  bo‘lim  mudiri

  • Ko'rildi
    43
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+