Xorazmda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlar muhokama qilindi

31.03.2024, 10:46

Xorazmda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Xorazm viloyati va Urganch shahar Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining hisoboti tinglandi.

Hisobotda taʼkidlanishicha, so‘nggi yillarda mamlakatimiz atmosfera havosini ifloslantirishda eng ko‘p zararli tashlamalar turg‘un manbalar va transport vositalaridan chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarda namoyon bo‘layotganligi qayd etildi.

Atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish bo‘yicha o‘tgan 2023 yil davomida 10 ta yirik sanoat korxonalarida 97 dona chang-gazlarni ushlab qoluvchi filtrlar o‘rnatildi va mavjudlari modernizatsiya qilinishi natijasida atmosfera havosiga tashlanayotgan 24,5 tonna tashlamalar tashlanishining oldi olindi. Shu jumladan, “Yangiariq Tex” MCHJ va “Gurlan Global” MCHJlarda 6 ta chang gaz tozalash uskunalarining mavjudlari yangidan modernizatsiya qilish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, shaharlardagi atmosfera qatlamlarining past shamollatilishi, shahar transportining ko‘pligi, yo‘llarning tirbandligi, keng ko‘lamli qurilishlar kabi omillar, meteorologik sharoitlar va antropogen yuklama atmosfera havosining yuqori ifloslanishiga olib kelayotganligi bayon etildi.

Atrof-muhitga yuqori va o‘rta havfli taʼsir etuvchi sanoat korxonalarida zamonaviy lokal oqova suv tozalash inshootlarini o‘rnatish va mavjudlarini modernizatsiya qilish dasturiga muvofiq joriy yilda 5 ta sanoat korxonalarida, jumladan “Urganch Baxmal” MCHJ, “Xorazm ipagi” AJ, “Xorazm Tex Klasteri” MCHJ, “OASIS‘S DREAM” MCHJ va “KHIVA” MCHJ shaklidagi chet el korxonasida lokal oqova suv tozalash inshootlarini qurish, qayta qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, axborotda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlarning ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, bu boradagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasini aniqlash va oldini olish bo‘yicha joriy etilgan samarali mexanizmlar haqida  maʼlumotlar berildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyat hududida 2023 yilda jami 16 mln 34 ming tup, shundan bahor mavsumida 9 mln 488 tup, kuz mavsumida 6 mln 546 ming tup mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi taʼminlandi.

Ekologiya davlat inspektorlari tomonidan maxsus mobil qurilma (planshet) orqali ko‘chat ekilgan hududga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazilib, fotosuratlar, geolokatsiyalari hamda ko‘chat ekuvchi tashkilot masʼullariga biriktirish dalolatnomalari joyning o‘zida tuzilib, “Yashil makon” elektron platformasiga joylashtirish hamda tasdiqlash ishlari bajarildi.

Shuningdek, xalq vakillari hududlardagi sanoat korxonalarida “yashil” texnologiyalardan unumli foydalanilishi va xavfsiz kimyoviy moddalarning qo‘llanishi bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilayotganligi yuzasidan o‘rganishlar olib borish, viloyat hududidagi daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish ishlarini jadallashtirish yuzasidan fikr-mulohazalarni bildirib o‘tishdi.

Eshituv yakunida mutasaddi tashkilot masʼullarining hisobotlari qoniqarli deb topilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlik guruhining tegishli qarorlari qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    58
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+