Xotin-qizlar yo‘nalishida qilingan ishlar tahlil qilindi
31.03.2024, 10:49
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishida tuman hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xafizaxon Mamarizayevaning hisoboti eshitildi.
Hisobotda taʼkidlanishicha, tumanda birinchi chorak davomida 103 nafar ayollar doimiy ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 369 nafar xotin-qizlar jamoat ishlariga jalb etish orqali bandligi taʼminlandi. 626 nafar ishsiz xotin-qizlar o‘z-o‘zini band qilish orqali bandligi taʼminlanishiga erishildi. Joriy yilning ikki oy davomida 43 ta oilaviy ajrim qayd etilib, o‘tgan yilning shu davriga ajrim 6 taga kamaygan. Ajrim ortgan mahallalarda tanqidiy-tahliliy yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Shuningdek 16 nafar xotin-qizlarning oilaviy sharoiti va ijtimoiy holati o‘rganilib, 6 nafari “Ayollar daftari”ga kiritildi. Mahallalarda aholi o‘rtasida erta va qarindoshlar o‘rtasida nikohlarni oldini olish bo‘yicha patranaj hamshiralar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur masala yuzasidan deputatlar tomonidan sohadagi muammolar borligi hamda ularning yechimlari to‘g‘risida tavsiyalarini berdi.
Deputatlik eshituvda ko‘tarilgan muammolar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi va tegishli qaror qabul qilindi.
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring