Deputat mahalla obodligi uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi holatini o‘rgandi

08.04.2024, 16:49

Deputat mahalla obodligi uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Kegeyli tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Bayram Iskenderov o‘zi saylangan hudud “Madaniyat” MFY da har bir mahallaga ajratilgan 500 mln so‘m mablag‘ning maqsadli ishlatilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

Jumladan, mazkur mahallada 4 mingdan ziyod aholi tinch farovon turmush kechirib kelmoqda. Ajratilgan mablag‘lar hisobidan hudud turg‘unlarining uy atrofi tomorqa yerlarini sug‘orish maqsadida 4 dona    D150- D200 markali elektr nasos olingan edi.

Deputat elektr nasoslarning bugungi kundagi ishlash holatini ko‘zdan kechirish maqsadida mahalla fuqarolari bilan muloqot qildi.  

Ushbu mahallada tomorqa yerlarni sug‘orish bo‘yicha muammolar bor edi. Qishi bilan mahalladagi ko‘cha boshilarning  maslahat qilishi, aholining talab va qo‘llab-quvvatlashi bilan ajratilgan mablag‘ga ariqdan suv tortadigan nasos olindi. Hozirda mahalla aholisi tomorqalari uchun suvdan muammo yo‘q.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    31
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+