“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Asaka tumanida “O'zLiDeP bog‘i” tashkil qilindi

09.04.2024, 18:29

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Asaka tumanida “O'zLiDeP  bog‘i” tashkil qilindi

Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud.

Masalan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha  ko‘chat ekish, bog‘ yaratish kabi tadbirlar ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi.

Davlatimiz rahbarining ushbu umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslari tabiatni sevib, uning tozaligi va obodligiga befarq bo‘lmagan O'zLiDeP vakillarini ham e’tiborsiz qoldirmadi.

O'zLiDeP  Andijon viloyat Kengashi vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, BPT raislari bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Asaka tumanidagi  “Kujgan oltin dalasi” fermer xo‘jaligining 3 gektar yer maydonida “O'zLiDeP  bog‘ini barpo etamiz!” shiori ostida 1500 tup  mevali daraxtlar o‘tqazildi.

- Bunday tadbirlarimiz zamirida xalqimizning ertasi sog‘lom bo‘lishi va ekologik barqarorlik, toza tabiatni asrash maqsadlari mujassam, - deydi xalq noibi, partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova. – Saylovchilarimizga avvalo, o‘zimiz namuna bo‘lishimiz zarur. Joylarda o‘tkazayotgan ayni tadbirlarimiz aholi salomatligini mustahkamlashga, dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

-Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi, - deydi Asaka tumani  “Kujgan oltin dalasi” fermer xo‘jaligi rahbari, xalq noibi Maxfuzaxon Ahmedova. Yaqin orada bu hududimizda partiyamiz bog‘i yashil makonlarga aylanadi.

Mazkur loyiha doirasida daraxt ekish aksiyasi viloyatimiz ekologiyasini tozalash bilan birga atrof-muhitni sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.

  • Ko'rildi
    25
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+