Keksa onaxonlar, kam taʼminlangan oilalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

09.04.2024, 19:10

Keksa onaxonlar, kam taʼminlangan oilalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

 O‘zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi “Ayollar  qanoti” faollari tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda tumandagi chekka qishloq  aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etdilar.

Tibbiy ko‘rikka viloyatdan "Sog‘lom avlod" jamiyati xalqaro xayriya fondi viloyat filiali TIP ambulans brigada xodimlari ham tashrif buyurdilar. Tibbiyot xodimlari tumandagi “Botir” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla faollari yordamida tibbiy ko‘rikka hududdagi kamtaʼminlangan va nogironligi bo‘lgan oilalarni jalb qildilar.

 Tashkil qilingan mazkur tibbiy ko‘rikka 95 nafar fuqaro ishtirok etdilar.

-  “Botir” MFY o‘ramidagi  kamtaʼminlangan va nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun o‘tkazilgan  bepul tibbiy ko‘rikka tibbiy  yordamga muhtoj aholi qatlamini  qo‘proq qamrab olishga harakat qildik. Bu yerga tashrif buyurganlar tashkilotchilardan va “Ambulans” brigadasi xodimlari xizmatlaridan mamnun bo‘ldilar. Shuningdek, tibbiy ko‘rikka kelgan har bir fuqaroga salomatliklarini tiklashi va foydalanishi uchun bepul dori-darmon, ko‘zoynaklar va gigiyenik buyumlar  tarqatildi, - deydi M.To‘xliboyeva.

  • Ko'rildi
    25
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+