Fuqarolar qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirildi

21.04.2024, 11:49

Fuqarolar qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirildi

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchlik palatasi deputatlari  o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar olib borishmoqda.

108-Oltiariq saylov okrugidan saylangan deputat Baxromjon Rahmonaliyev saylovchilar bilan ochiq muloqotlar olib bormoqda.

Oltiariq tumanidagi Xo‘jaqo‘rg‘on, Guliston, Eskiarab, G’ayrat, Birlashgan, Qo‘rg‘oncha va Jarqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Mahalla yettiligi" hamda mahalla faollari bilan samarali muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida   mamlakatimizda so‘ngi yillarda amalga oshirilayotgan  islohotlar  erishilgan yutuqlar hamda  qonunchilikdagi o‘zgarishlardan xabardor qilindi.

Shu bilan birga suhbat yakunida fuqarolar tomonidan bir qancha murojaat va takliflar olinib tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yetkazilishi va deputat tomonidan nazoratga olinishi belgilandi.

Deputat  Baxromjon Rahmonaliyev tumanning  Xo‘jaqo‘rg‘on, Guliston mahallasi faollari va oqsoqollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida  hozirgi kundagi qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirib o‘tildi.

  • Ko'rildi
    25
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+