Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

21.04.2024, 12:34

Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Xadjayeva O’zbekiston tumani “Tuyul” MFY hamda 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagog xodimlar, hududda istiqomad qilayotgan aholi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda xalq vakili M. Xadjayeva Qonunchilik palatasi tashabbusi bilan qabul qilingan “O’zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun mazmun - mohiyati va ahamiyati haqida gapirdi.

Ushbu qonun fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshoot yoki ko‘chmas mulk obe’ktlariga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtirilishi uchun huquqiy asoslar yaratilishiga xizmat qilishi haqida tushunchalar berdi.

Suhbat davomida qonunchilikdagi yangiliklar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Yashil iqtisodiyot” masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori yuzasidan ham to‘liq ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda mahalladagi “ettilik” faoliyati yo‘lga qo‘yilgani joylarda aholi muammolarini samarali hal etish imkonini berayotgani, aholi bilan ishlashning bunday tartibi davlat organlari va aholi o‘rtasida o‘zaro yaqinlikni hamda ishonchli hamkorlikni yangi pog‘onaga olib chiqayotgani alohida qayd etildi.

Deputat aholiga kelgusi yili 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 660 o‘rinli yangi zamonaviy maktab qurilishini ham aytib o‘tdi. Shu bilan birgalikda hududlarda, mahallalarda yettilik tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng xonadonlarga tashrif buyurib, fuqarolar bilan suhbatlar tashkil etildi.

  • Ko'rildi
    36
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+