BuxDUda “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida muloqot o‘tkazildi

21.04.2024, 13:42

BuxDUda “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida muloqot o‘tkazildi

Bugungi kunda O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida yoshlar ishtirokini ta’minlash, deputatlik faoliyati bilan yaqindan tanishishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida ko‘plab tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Partiya viloyat Kengashi yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Buxoro davlat Universitetida “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda ham ayni shu jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari, mahalliy Kengash deputati, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Bobomurod Ochilov talaba-yoshlarga qonunlarni muhokama qilish, qabul qilish jarayonlari, qonunlar ijrosi, shuningdek, talabalarning parlament faoliyati haqida nazariy bilimini oshirish, ta’limni bevosita amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil tushuntirish berib o‘tdi.

Bunday tadbirlarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad- yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish, o‘zlarining intellektual salohiyatini to‘liq namoyon etishlari, jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun zarur bo‘lgan tavsiyalar berishdan iboratdir, -deydi partiya viloyat Kengashi yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri Sherzod Ahadov.

Tadbir davomida yoshlarga bugungi kunda dolzarb qonunlarni qabul qilish, davlat dasturlarining ijrosini ta’minlash, parlament hamda deputatlik nazoratini olib borish, ijro organlari va mansabdor shaxslarning xalq oldidagi hisobdorligini oshirish parlament faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd etildi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlarning parlament faoliyatiga taalluqli ko‘plab savollariga tashkilotchilar tomonidan javoblar berildi.

  • Ko'rildi
    26
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+