Kasbida aholi daromadlarini oshirish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi

25.04.2024, 09:15

Kasbida aholi daromadlarini oshirish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi aʼzosi Shahnoza Xolmaxamatova, partiyaning Qashqadaryo viloyati Kengashi deputatlari Kasbi tumanidagi mahallalarda bo‘lib, aholining tomorqalaridan samarali foydalayotganliklari borasidagi holatlar bilan yaqindan tanishdi va muloqotlar qildi.

“Xo‘jaqarliq” MFY hududidagi Malohat Eshmurodova, Hamza Abdiraxmonov va “Mustaqillik” mahallasidagi Abdig‘ani Boboqulovlarlar xonadonida bo‘lganida, tomorqa serdaromad manbaga aylanayotganligi, birgina sholg‘om hosilidan 6 sotix yer maydonidan yiliga 10-15 millionlab daromad olishayotganligini taʼkidlab o‘tishdi.

Xo‘jaqarliq va Mustaqillik mahallalarida faoliyat ko‘rsatayotgan mahalla yettiligi hamda faollari bilan uchrashib, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va aholining qiziqtirayotgan masalalari hamda mahalla yettiligi  tomonidan amalga oshirilishi dolzarb bo‘lgan vazifalar yuzasidan gaplashib olindi.

Kasbi tumani Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ishchi-xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqotda qonunchilikdagi yangiliklar va o‘zgarishlar, “Yashil energiya, “Yashil makon” tamoyillari  xususida so‘z yuritilib, ularning takliflari yozib olindi.

Aholi bilan mahallalarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda tadbirkorlik uchun sharoitlar muhayyo ekanligi, munosib turmush kechirishini taʼminlash va darajasini yaxshilashda qonuchilikda qabul qilinayotgan hujjatlar muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlab o‘tildi.

  • Ko'rildi
    33
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+