Deputat so‘rovi bilan Surxondaryoda kovrak mahsulotini eksport qiluvchi yangi korxona ish boshladi

20.04.2018, 19:25

Deputat so‘rovi bilan Surxondaryoda kovrak mahsulotini eksport qiluvchi yangi korxona ish boshladi

“Xudoyqul Samariddin Nasriddinovich” firmasi rahbari Samariddin Xudoyqulov Surxondaryo viloyati “Bobotog‘” Davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan kavrak o‘simligi xom-ashyosini yig‘ib-terib olish uchun xo‘jalik rahbari A.Ro‘ziqulovga murojaat qilgan edi. Ammo o‘rmon xo‘jaligi rahbari uning boshqa viloyatdan ekanini aytib, norozilik bildirgan. Rad javobini olgan tadbirkor ortga chekinmay, O`zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashidan yordam so‘radi.

Partiyaning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limiga kelib tushgan ushbu murojaat deputatlik guruhi bilan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish natijasida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Qurbon Shukurov “Bobotog‘” o‘rmon xo‘jaligi rahbari Abdufattoh Ro‘ziqulovga deputatlik so‘rovi yubordi. Deputat tashabbusi bilan tadbirkorning muammosi hal etildi.

– O`zLiDeP viloyat Kengashi ko‘magi bilan “Bobotog‘” o‘rmon xo‘jaligida o‘z faoliyatimizni boshladik, – deydi u . – Ayni chog‘da o‘ttiz nafar yoshlar bilan kuniga 55 kg kavrak mahsuloti qazib olyapmiz. Bu o‘simlikni esa Hindiston va Afg‘onistonga eksport qilyapmiz.

Ta’kidlash kerak, “Xudoyqul Samariddin Nasriddinovich” firmasi o‘simliklar xom-ashyosini yig‘ib-terib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. Korxonada 100 nafarga yaqin yigit-qiz mavsumiy ish bilan ta’minlangan. 

 Ziyoda QODIROVA,

O‘zLiDeP  Surxondaryo  viloyat

Kengashi  xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3884
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Akmal2021-08-12 07:36:42

Menxam shu ishni qilmoqchiman kimga murojat qilishim kerak


Jasur2020-04-02 00:48:20

Bu o'simlikni ko'paytirish borasida sizlarga omad tilayman.


Шеров Қувондиқ Полвонназарович2018-04-23 18:50:39

Мазкур ўсимлик ўзининг шифобахш хусусиятларига эга бўлиб, уни чет элга экспорт қилишда тадбиркор юртдошимиз С.Худойқуловга катта муваффақиятлар тилаб қоламиз!


Тўймуродов Ғайрат 2018-04-23 17:58:14

Ишбилармон, мардлик ва шижоат сохиби, азми қатъий, тадбиркор ва хушёр бир киши минг-минглаб тадбирсиз, лоқайд кишилардан яхшидир! Омад тилайман ишларига ривож.


Фахриддин Махмудов2018-04-23 13:02:16

Мамалакатимизнинг дехқончилик қилиш ноқулай бўлган чўл ва тоғли худудларда даромад олиш имконини топаётган Самариддин Худойқулов каби тадбиркорларни партиямиз хамиша қўллаб қувватлайди.


Мелибоева Маъмура Толиповна2018-04-23 12:51:44

Самариддин Худойқуловнинг юртимизда экспорт салохиятини оширишда кўрсатаётган улкан ишлари ва 100 нафар ўғил-қизларни иш билан таъминлаганликлари тақсинга сазовордир.


Эшқораева Қундузхон Шавкатовна2018-04-23 09:16:53

Каврак ўсимлиги табиатнинг бир мўжизаси. Унинг шифобахш ҳусусиятлари жуда кўп. Бу ўсимликни четга экспорт қилиш юритимзга инвестиция киришига сабаб бўлади. Тадбиркор Самариддин Худойқуловга толиқмай жадал ишлашига тилакдошман.


Fikringizni qoldiring

+