Kelajak va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik

16.11.2017, 14:52

Kelajak va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik

Hozirgi davrda jahon miqyosida shiddat bilan kechayotgan globallashuv jarayonlari har bir mintaqa va mamlakatlar oldiga juda ko‘plab dolzarb masalalar yechishni kun tartibiga qo‘ymoqda. O‘z yechimini kutayotgan ushbu masalalar har bir davlatdan albatta tashabbuskorlikni, o‘zaro hamkorlikni va faollikni talab etmoqda.

Mustaqil O‘zbekistonning yangi tarixidagi tashqi siyosati aynan shu tamoyillar asosida izchil amalga oshirilayotganligini ko‘rishimiz mumkin.

Joriy yilning 19 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, Vatanimiz faol tashqi siyosatining yorqin namunasi bo‘ldi.  

Albatta, ushbu nufuzli xalqaro anjumanda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar  mamlakatimiz tinchliksevar tashqi siyosatining jahon hamjamiyati oldidagi namoyishi bo‘ldi. Mazkur anjumanda Yurtboshimizning “Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O‘zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir. Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir”-degan fikrlari mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor maqsadlaridan birini bayon etibgina qolmay, mintaqamizning xalqaro maydondagi o‘rni va rolini yanada oshirishga qaratilgan muhim da’vat bo‘ldi.

Kuni-kecha Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘zlagan nutqini mustaqil O‘zbekiston olib borayotgan faol tashqi siyosatning mantiqiy davomi deb hisoblash mumkin.

Avvalo shuni alohida ta’kidlash lozimki, mintaqamiz uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mavzudagi xalqaro anjumanni mamlakatimizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilishi hamda ushbu anjumanda nufuzli xalqaro tashkilotlar va yetakchi davlatlardan 500 dan ziyod taniqli siyosatchilar, olimlar va ekspertlarning ishtirok etishi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning jahon miqyosidagi o‘rni va rolining yanada oshib borayotganligini ko‘rsatdi.

Davlatimiz rahbari o‘z ma’ruzasida avvalo mintaqamiz kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan savolni anjuman ishtirokchilari oldiga qo‘ydi. Bu qudratli davlatlarning manfaatlari kesishayotgan, beqarorlik va qarama-qarshilik o‘choqlariga tutash bo‘lgan ushbu  mintaqada vaziyat qanday rivojlanadi? Bu yerda qanday kuch ustun keladi – nizo va qarama-qarshiliklarmi yoki hamkorlik va taraqqiyotmi? 

Ushbu qo‘yilgan masalaga Prezidentimiz qat’iy ishonch bilan “amaliy hamkorlikka tayyorlik va unga astoydil intilish, barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajak uchun mas’uliyatni his etishi mintaqaning barqaror rivojlanishi va farovonligining mustahkam poydevori va kafolatidir” deb ta’kidlab o‘tdi.

Ma’ruzada alohida ta’kidlab o‘tilganidek, bizning bosh maqsadimiz – umumiy sa’y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat. Albatta ushbu maqsadga erishish uchun mintaqadagi barcha davlatlar turli nizolarni qo‘zg‘aydigan va unga ko‘maklashadigan sabab va omillarga birgalikda barham bermog‘i, umummintaqaviy ustuvor manfaatlarni inobatga olish asosida milliy rivojlanishni ta’minlamog‘i zarur. Buning uchun davlatlarimiz aynan yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o‘z salohiyatini yanada samarali amalga oshirishga qaratilgan izchil qadamlar tashlashi zarur.

Mazkur xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston tomonidan Davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi hududi haqidagi shartnomaning imzolanishi anjumanning amaliy ahamiyatini yanada oshirib, Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishini ta’minlash yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida Markaziy Osiyo mintaqasining kelajagini ta’minlash uchun bajarish muhim va zarur bo‘lgan bir qator ustuvor vazifalar va amaliy tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda kooperatsiyani mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish.

Mintaqaviy iqtisodiy forumni tashkil etish, Markaziy Osiyo davlatlari-ning hududlar rahbarlari (hokimlari) biznes hamjamiyatining assotsiatsiyasini ta’sis etish kabi tashabbuslar bu yo‘nalishdagi amaliy qadam bo‘lishi shubhasizdir.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan mintaqaning tranzit -logistika salohiyatidan yanada samarali foydalanish va transport infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash mintaqa davlatlari oldida turgan ustuvor vazifa sifatida ilgari surildi. Shu munosabat bilan Transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha umummintaqaviy dasturni ishlab chiqish va qabul qilish to‘g‘risidagi tashabbus hamda 2018 yilda Toshkentda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” mavzusida  xalqaro konferensiya o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflar mintaqamiz iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ushbu anjumanda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ustuvor vazifalardan yana biri bu – Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashdir. Buning uchun BMT, MDH, ShHT, YeXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga doir maxsus rezolyutsiya qabul qilish haqida” murojaat qabul qilish to‘g‘risidagi Prezidentimiz taklifi xalqaro konferensiya ishtirokchilari tomonidan to‘la qo‘llab quvvatlandi. 

Ishonchimiz komilki,  Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur xalqaro anjuman O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishga, mintaqadagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha BMT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan amaliy muloqotni mustahkamlashga hamda mamlakatimizning xalqaro maydondagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. 

Oybek JUMAYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1360
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Жўраева Гулбахор O`zLiDeP Нишон туман Кенгаши раси ўринбосари 2018-08-08 14:32:49

давлатимиз раҳбари Сергели туманида қурилаётган метро ва кўп қаватли уйларнинг жорий аҳволи билан танишиб, Ташриф давомида қурилаётган метро ва уй лойиҳалари билан яқиндан танишиб бу борада керакли маслахатларини бердилар. Бу ҳаммаси биз Ўзбекистонликлар учун яна бир қулайликлардан биридир


Абдуллалатиф Раҳманов Наманган вилоят Кенгаши Сиёсий таълим маркази раҳбари2018-07-31 18:00:22

метрони сифатли, қулай ва хавфсиз қилиб қуриш нафақат инсонлар ҳавфсизлиги шу билан биргаликда мамлакатимизнинг туризм салоҳиятига ҳам ижобий таъсир қилади


Миришкор туман Жейнов Чорвадори МЧЖ даги БПТ раиси Саидова Ирода2018-07-24 16:24:50

Давлатимиз раҳбарининг шахсан ўзлари Сергели туманида қурилаётган метро ва кўп қаватли уйларни бориб кўрганликлари ишларнинг сифатли ва тез битиши учун бир пойдевор десам муболаға бўлмайди.Бу борада ўз кўрсатмалари ва маслаҳатларини берганликлари қурувчилар ва фаолият олиб бораётган мутахасисларни кучига - куч ғайратига – ғайрат қўшганига ишонаман ва бундай масъулиятли ишда қурувчиларга омад тилайман.


Б.Утешова Канликул тумани2018-07-24 15:43:23

Республикамизда олиб борилаётган бинёдкорлик ишлари энг аввало инсон манфаатлари учун. Амалга оширилаетган ишлар халқимизнинг маданиятини ошириб, яшаш тарзини яхшилашда хизмат қилади


O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари-аппарат раҳбари2018-07-24 12:58:54

Юртбошимиз Шавкат Миромонович Сергели туманида қурилаётган метро ва кўп қаватли уйларнинг бунёдкорлик ишлари билан танишдиб бунёд этилаётган метро ва кўп қаватли уйлар лойиҳалари доирасида ўзларнинг тавсияларни бердилар. Амалга оширилаётган улкан бунёдкорлик ишлари халқимизнинг турмуш фаравонлигини янада оширишга хизмат қилиши билан алоҳида эьтиборлидир.


А.Шахриев Косон туман Гулбог МФЙ БПТ раиси2018-07-24 09:16:41

Давлатимиз раҳбарининг Сергели туманида қурилаётган метро ва кўп қаватли уйларнинг жорий аҳволи билан танишдилар.Қурилаётган метро ва уй лойиҳалари доирасида керакли маслаҳатлар берилди. Бу ҳаммаси республикамиз фуқароларимизга қулайликлардан далолатдир.


Fikringizni qoldiring

+