Bunaqasi kamdan-kam bo‘ladi!

27.04.2018, 18:27

Bunaqasi kamdan-kam bo‘ladi!

Bugun matbuotda Prezidentimizning “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini o‘qib, beixtiyor shu so‘zlarni aytib yubordim.

 Boisi, qarorda 2018 yilning 1 iyulidan e’tiboran dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida sug‘urta badali to‘langan yil mehnat stajiga kiritilishi belgilandi. Aytish kerakki mazkur norma pensiya g‘amini yeb yurgan uy bekalari va o‘z tomorqasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun Prezidentimiz tomonidan ajoyib tuhfa bo‘ldi,  desak sira yanglishmaymiz. Haqiqatan ham bunaqa imkoniyat va imtiyozlar jahonning boshqa mamlakatlarida ham kamdan-kam kuzatiladi, desak adashmaymiz.

Bilamiz-ki O‘zLiDeP tomonidan hududlarda  “Tomorqa — qo‘shimcha daromad manbai” shiori ostida tashviqot-targ‘ibot ishlari hamda “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh”  loyihasi orqali aholi orasiga yanada chuqurroq kirishga intilayapti. Maqsad tomorqa xo‘jaliklariga o‘zini to‘la tiklab olishiga, xonadonlarning moddiy farovonligini, shuningdek, ma’naviy va huquqiy savodxonligini oshirishga yordamlashishdan iboratdir. Loyiha doirasida aholi bilan uchrashganda mazkur qarorning shu jihatini ularga alohida tushuntirishimiz zarur. Zero, bu sa’y-harakatimiz odamlarning tomorqadan unumli fodalanishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada ortishiga xizmat qiladi, albatta.

Rustam HAKIMOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

Mafkuraviy targ‘ibot-tashviqot

ishlari bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1177
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Muhammadortiqali Abdurahmomov Buloqboshi tumani "Yoshlar qanaoti" faoli2018-05-01 15:55:38

Manabu haqiqiy insonparvarlik va odamlarga davlatga bo'lgan ishonchninortishiga sabab bo'ladi. Uyda uy ro'zg'or va kundalik yumushlar bilan band fuqarolar endi mehnat stajiga ega bo'lishi bu quvonarli jihad azaldan o'zbek ayollari ayniqsa shu yumushlarni bajarib kelishar edi endi ularning mehnatiham oz bo'lsada qadrlanadigon bo'lar ekan. Shaxsiy fikrimcha MFY hodimlari uyma uy yurib eng ko'p qaramol, parranda boqayotgan, kichik yerdan ko'proq daromad olayotgan va tomorqasida ham qoramol, ham parranda ham dehqonchilik qilayotgan fuqarolarga bir barobardan ko'proq miqdorda pensionniy fondga o'tsa ko'proq intiladi uyda o'tiribham ko'proq pensiya olishim mumkun deb yoki shu yani yuqori natija ko'ratayotgan fuqarolarga yillik 1-2barobar uzlidep siyosiy partiyasi pensionniy fontga mukofat sifatda o'tkazib tursa odamlar partiya bo'lgan ishonchiham, qariganimda ko'proq pensiya olaman deb yanada faol bo'lishadi


Рустамов Ж. Шовот Туман Кенгаши фаоли.2018-04-30 09:56:16

Бу қарор уйида ўтирган ишсиз фуқаролар учун айни муддао бўлади.


Отаханов Улуғбек2018-04-30 08:54:20

енг фало томорқани туман ва вилоят орасида хар чорак якунига кўра аниқлаб партия томонидан тақдирлаш лозим шунда партиямиз кузга куринади.


Дўсмуродов Хусан2018-04-28 08:35:14

Юртбошимиз томонидан чиқарилган қарор ва фармоишлардан келиб чиқиб партиямиз билан хамкорлигда бунақа лойхаларни кўпайтириш шарт зероки халқимизнинг манавий ва хуқуқий саводхонлиги оширишда ўз хисамизни қўшган бўламиз.


Fikringizni qoldiring

+