O‘zLiDeP rahbari YXHT delegatsiyasini qabul qildi

07.09.2018, 13:55

O‘zLiDeP rahbari YXHT delegatsiyasini qabul qildi

2018 yil 6 sentabr kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasida YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Byurosi va Venetsian komissiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrifning maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasi bo‘yicha fikr almashishdir.

Uchrashuv davomida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi Raisi A.Xaitov partiya delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasida jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish borasida fuqarolarning huquqlarini ta’minlash kabi muhim masalada konstruktiv hamkorlikning tasdig‘i sifatida ko‘rib chiqishini ta’kidladi.

Mazkur masalalar jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi keng qamrovli demokratik o‘zgarishlar, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish masalalari bilan chambarchas bog‘liq. Bu nuqtai nazardan bugun amalga oshirilayotgan liberal islohotlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fuqarolar bilan muloqot qilishga ochiqligi O‘zbekistonni prinsipial yangi siyosiy rivojlanish darajasiga olib chiqdi. Jumladan, bugun mamlakatda keng muhokama etilayotgan Saylov kodeksi ham ushbu Harakatlar Strategiyasi doirasida ishlab chiqilgan. Mazkur hujjatni umumxalq muhokamasi haqida gapirishimiz mumkin.

So‘ng partiya yetakchisi kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlar – mulkdorlar sinfi manfaatlarini ilgari suruvchi va himoya qiluvchi partiya tarixi va faoliyati haqida so‘zlab berdi. 2014 va 2016 yillardagi saylovlarda g‘olib bo‘lgan partiya o‘zini hokimiyat partiyasi sifatida e’tirof etishini qayd etdi. Bugungi kunda partiya 11.376 boshlang‘ich partiya tashkilotlari safida 402 mingdan ziyod a’zolarni birlashtiradi.

O‘z navbatida, YeXHT DIIHBning saylov masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Richard Lapin ta’kidlaganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonning YeXHT bilan hamkorligi ijobiy tus oldi. Tashkilotimizda mamlakatingiz bilan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik sohasida ijobiy siljishlarni qayd etmoqdamiz. YeXHT va Venetsian komissiyasi ekspertlari tomonidan o‘rganilayotgan saylov qonunchiligini ko‘rib chiqish ham bunga misol bo‘la oladi. Suhbat davomida YeXHT delegatsiyasi saylov kodeksini tayyorlash jarayoni qanday o‘tgan, partiyaning bu jarayondagi ishtiroki, ishchi guruh a’zolari bilan uchrashuvlari, saylov kodeksi loyihasiga yana qanday bandlarni kiritish bo‘yicha tavsiyalari bilan qiziqdi.

O‘zLiDeP raisi esa saylov kodeksi loyihasi ustidan bir yildan ortiq vaqt davomida ish olib borilganini ta’kidlab, kodeks loyihasi 18 bob va 100 moddadan iboratligini ma’lum qildi. Shuningdek, A.Xaitov yangi kodeks loyihasi amaldagi saylov haqidagi 5 ta qonunni unifikatsiya qilishni nazarda tutishi, loyihani tayyorlash davomida saylov qonunchiligi inventarizatsiya qilingani va saylov o‘tkazish borasidagi milliy amaliyot umumlashtirilganini aytib, YeXHT DIIHBning tavsiyalari ham inobatga olinganini ta’kidladi.   

Eng muhimi, bu hujjat bir tashkilot doirasida paydo bo‘layotgani yo‘q, u mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar, partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari sa’y-harakatlarini birlashtirishning natijasi, umumxalq muhokamasi mahsuli. Mazkur jarayon hamon davom etmoqda. Biz MSK, parlament bilan hujjat loyihasi bo‘yicha birgalikda ish olib bormoqdamiz, va muntazam ravishda o‘z takliflarimizni kiritmoqdamiz. Saylov kodeksi loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhda boshidan partiyaning parlamentdagi fraksiyasi a’zolari va ekspertlar, yuristlar bevosita qatnashdi.

Ta’kidlash kerak, hujjatni tayyorlashda uni jamoatchilik muhokamasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hujjat loyihasi «SOVAZ» portali va Markaziy saylov komissiyasi saytida e’lon qilingan. Hujjat siyosiy partiyalar va ularning elektorati vakillari ishtirokida joylarda keng muhokama etilmoqda. Birgina O‘zLiDePning o‘zi joylarda 150 dan ziyod tadbirlar o‘tkazdi, ularning yakunlari bo‘yicha 200 dan ortiq taklif va xulosalar ishlab chiqildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha  R.Dapin YeXHT DIIHB va Venetsian komissiya shu yilning oxirigacha O‘zSK loyihasi bo‘yicha o‘z xulosasini berishini qayd etdi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1304
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олимжон Мовланов – O’zLiDeP Қашқадарё вилоят Кенгаши ҳузуридаги Сиёсий таълим маркази раҳбари2018-09-07 15:35:40

Европада Хавфсизлик ва ҳамкорлик ташкилоти (ЕХҲТ) билан мамлакатимиздаги мавжуд сиёсий партиялар ўртасидаги ўзаро амалий ва ҳар томонлама манфаатли алоқалрнинг ривожланиб бориши юртимизда сиёсий ислоҳотларнинг жадал суратларда амалга оширилаётганлигидан бир далолатдир. Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон либерал- демократик партияси ўз дастур ва мақсадларидан келиб чиқиб, мазкур нуфузли ташкилот ҳамкорлигида юритимизда либерал- демократик ғояларга таянган ҳолда, тараққиётнинг янги босқичига жадал суратларда чиқиб бораётган юртимизнинг порлоқ ва нурафшон истиқболи йўлида хизмат қилиб келаётганлигини бутун фуқароларимиз қўллаб- қувватлайдилар. Яқинлашиб келаётган 2019 йилдага депутатлик сайловларида бизнинг партиямиз ўз позициясидан келиб чиқиб, шаффоф сайловларга тайёр эканлигини мазкур учрашув орқали кўрсатиб тургани барчамизни бирдек қувонтирмоқда.


Шердор Исаков2018-09-07 14:54:17

Матбуот хизмати матндаги қисқартиришларни тушунарли қилиб баён этса мақсадга мувофиқ бўлар эди. (Масалан: ЕХҲТ ДИИҲБ)


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-09-07 14:39:30

Сўнгги йилларда Ўзбекистоннинг ЕХҲТ билан ҳамкорлиги ижобий тус олаётганлиги ҳамда ташкилотда мамлакатимиз билан барча йўналишлар бўйича ўзаро ҳамкорлик соҳасида ижобий силжишлар қайд этилаётганлиги янада қувонарлидир.


Fikringizni qoldiring

+