O‘zLiDeP faollari Urgut “Muruvvat” nogironlar uchun internat uyida xayriya tadbiri o‘tkazdi

03.12.2018, 17:51

O‘zLiDeP faollari Urgut “Muruvvat” nogironlar uchun internat uyida xayriya tadbiri o‘tkazdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP guruhi a’zosi Tolibboy Eshmanov va bir guruh partiya faollari “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Urgut “Muruvvat” nogironlar uchun internat uyida uchrashuv o‘tkazdi.

Ta’kidlash kerak, 450 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur shifo maskaniga 18 yoshdan oshgan ruhiy va asab kasalliklariga chalingan, dispanser hisobiga olingan 1, 2 guruh nogironlari Sog‘liqni saqlash vazirligi maxsus komissiyasining qarori va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining buyrug‘i asosida qabul qilinadi. Hozirda bu yerda 446 nafar nogironlar yashamoqda. Shundan 200 nafardan ortig‘i ayollarni tashkil etadi.

Yuzma-yuz muloqotlar chog‘ida qator muammolar o‘rganildi, ularni hal qilish choralari ko‘rildi.

Suhbat va muloqotlar davomida tibbiy markaz mus’ullari ayol bemorlarni mehnat terapiyasi bilan davolash uchun 3 dona tikuv mashinasi olish hamda tibbiy maskan adminstratsiyasini zamon talablariga mos kompyuter jihozlari bilan ta’minlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.

Ushbu murojaat yuzasidan shu kunning o‘zida O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Tolibboy Eshmanov tomonidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarma boshlig‘i nomiga so‘rov yuborildi.  

O‘zLiDeP faollari hamda tadbirkor Mavlonqul Oqilov tomonidan ushbu maskanga sovg‘a-salomlar, maishiy texnika jihozlari sovg‘a qilindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

 

  • Ko'rildi
    1256
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+