O‘zLiDeP Prezident farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi (video)

30.05.2019, 15:18

O‘zLiDeP Prezident farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi (video)

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Prezidentimizning 2019 yil 14 maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.

Qayd etilganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratilib berilmoqda. Shunga qaramay hali-hamon tadbirkorlar faoliyati davomida turli byurokratik to‘siq va g‘ovlarga duch kelmoqda. Bu esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.

“Ilgari tadbirkorlar o‘z muammolari bo‘yicha tashkilotma-tashkilot, idorama-idora sarson bo‘lib yurardi. Endi bunga barham berilib, murojaatlar uch bosqichda hal etiladigan bo‘ldi. Tuman kesimidagi muammo tumanda, agar yechim topilmasa viloyatga, unda ham hal bo‘lmasa respublikada hal etiladi. Agar shunda ham o‘z yechimini topmasa bosh vazir tomonidan o‘tkaziladigan qabulda videonkoferensiya orqali hal etiladigan bo‘ldi”, – deydi O`zLiDeP Namangan viloyat Kengashi rais o‘rinbosari Sobitxon Nugmanov.

Tadbirda Farmonning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik sub’ektlari hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga yetkazish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    210
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+