Buyuk kelajagimiz bugundan boshlanadi

26.12.2017, 16:18

Buyuk kelajagimiz bugundan boshlanadi

O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJda faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan “Konstitutsiya - erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevori” nomli o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda zavod xodimlari va partiya faollari ishtirok etdi.

O‘quv-seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad – Prezidentimizning konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida takidlangan  vazifalarni O‘zLiDePning boshlang‘ich partiya tashkilotlari, mas’ul xodimlar va partiya faollariga yetkazishdir.

O‘quv-seminarda ishtirok etgan partiya faollari va targ‘ibot guruhi a’zolari yig‘ilganlarga “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi” to‘g‘risidagi normaga asosan belgilangan “Ma’muriy islohotlar Konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati “Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda ichki ishlar idoralarining o‘rni”, “Buyuk kelajagimiz bugundan boshlanadi” mavzularida hamda mazkur ma’ruzadan kelib chiqadigan O‘zLiDePning ustuvor vazifalari nimalardan iborat ekani borasidagi fikrlarni aniq misollar bilan keltirdilar.

O‘quv-seminarida ishtirokchilar ma’ruzachilardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga artoflicha javob oldilar.

Tadbir yakunida mazkur zavodda faoliyat olib boruvchi partiya a’zolari bo‘lgan ishchi va hizmatchilar O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ahmadjon ORIPOV,

O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi raisining

 birinchi o‘rinbosari-appatar rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1107
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+