Dolzarb mavzudagi seminar-trening

31.12.2017, 15:36

Dolzarb mavzudagi  seminar-trening

Shofirkon  tuman hokimligida  Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga   bag‘ishlangan tantanali  marosimdagi  «Konstitutsiya –erkin va farovon hayotimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning  mustaxkam poydevoridir» deb nomlangan ma’ruzasiga bag‘ishlangan o‘quv –seminari o‘tkazildi. Unda mahalliy Kengash deputatlari, partiyaning barcha bo‘g‘inlari va MFY faollari,  talaba–yoshlar ishtirok etdilar.

O‘quv seminarda so‘z olganlar mmustaqillik yillarida mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etish yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilganligini, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida bir qator yangi qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinganligini,  bularning barchasi baxtimiz Qomusi – Konstitutsiyamiz sharofati ekanligini, yurtimizdagi barcha bunyodkorlik ishlarida  xalqimiz faol ishtirok etayotganini ta’kidlashdi.

Seminar ishtirokchilari Prezidentimizning  ma’ruzasida  mamlakatimizda  olib borilayotgan isloxotlar  samarasi avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog‘liqligini ta’kidladilar. Ma’ruzada shuningdek, xalqimizning farovon hayotini ta’minlash maqsadida  davlat hamda turli  darajadagi ijro xokimiyati organlari oldida turgan birinchi galdagi  vazifalar belgilab berilganligi  aloxida qayd etildi.

O‘quv-seminari ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi. Tadbir davomida bir guruh yoshlarga partiya a’zolik guvohnomalari berildi. Partiya dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishda jonbozlik ko‘rsatgan partiya faollari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

 Matbuot  xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1612
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+