Xalq bilan muloqot qilish muammolar yechim topishiga xizmat qiladi

05.01.2018, 17:38

Xalq bilan muloqot qilish muammolar yechim topishiga xizmat qiladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari ko‘lami yanada kengaydi.

 Joylarda o‘tkazilgan aholi bilan uchrashuvlarda mavjud vaziyat, muammolar har bir soha va yo‘nalish bo‘yicha har tomonlama chuqur o‘rganilib, kam ta’minlangan, nogiron hamda og‘ir kasallikka chalingan, tibbiy yordamga muhtoj oilalar a’zolari,  xonadonlar soni aniqlanib yordam ko‘rsatilmoqda. 

O‘rganish jarayonida  kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berilib, joylardagi muammolarga yechim topilmoqda. Xususan, Nurobod tumanidagi "Olg‘a" mahallasida yashovchi Baxtigul Dulanovaning uyi ta’mirlab berildi, yoki  Paxtachi tumanidagi “Qarnabota” mahallasi aholisi uchun Matbuot shaxobchasi  faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan bunday xayrli ishlarni amalga oshirish an’anaga aylangan. Yangi yil arafasida O‘zLiDeP faollari tomonidan Bulung‘ur tumani “Kildon” mahallasida yashovchi Roziya Abdurazzaqovaga nogironlik aravachasi topshirildi.

Bu kabi xayrli ishlar hech kim davlat va jamiyat e’tiboridan chetda emasligini yana bir karra namoyon etib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan har bir inson, jumladan, nogironlarning bahramandligini ta’minlashdek ezgu maqsadlarga xizmat  qiladi. 

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1445
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+