Andijonliklar davlat Dasturi muhokamasida “Mingtepa” arxeologik merosi bazasida turizmni rivojlantirish, tovarlarni sotishda “Onlayn-bozor”lardan samarali foydalanish kabi takliflar bilan qatnashdi

15.01.2018, 18:50

Andijonliklar davlat Dasturi muhokamasida “Mingtepa” arxeologik merosi bazasida turizmni rivojlantirish, tovarlarni sotishda “Onlayn-bozor”lardan samarali foydalanish kabi takliflar bilan qatnashdi

O‘zLiDeP Andijon viloyati Kengashi faollari ishtirokida 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha – Harakatlar strategiyasining “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga oid davlat Dasturiga takliflar ishlab chiqish yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat Dasturi ijrosi yuzasidan ko‘plab takliflar o‘rtaga tashlanib, ochiq muhokama etildi. Jumladan,

-Muqobil energiya resurslaridan foydalanishni joriy etgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaxshilash;

-Turizm salohiyatini to‘liq namoyon etish uchun kadrlar tizimini rivojlantirish;

-Aholi tibbiy malakasini oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish;

-Oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yillik narxlarini pasaytirish.

-Eksport-import bo‘yicha innovatsion texnologiyalar uchun davlat bojini kamaytirish;

-Tovarlarni sotishda “Onlayn-bozor”larni ko‘proq tashkil etish va davlat nazoratidan o‘tkazish;

-Fermer xo‘jaliklariga ajratiladigan paxta va g‘alla imtiyozli kreditlari tarkibiga 15 foizli yagona ijtimoiy to‘lov ajratmalarini kiritish,

singari dolzarb takliflar nafaqat bugungi kun, balki mamlakatimizning ertangi kuni uchun ham muhim ahamiyatga ega.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1317
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+