Qo‘rg‘ontepada mustaqilligimizning o‘ttiz yilligi munosabati bilan ommaviy tadbir o‘tkazildi

18.08.2021, 14:52

Qo‘rg‘ontepada mustaqilligimizning o‘ttiz yilligi munosabati bilan ommaviy tadbir o‘tkazildi

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanida tashkil etilgan ommaviy tadbir “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida ochiq osmon ostida tashkil etildi. Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan tumandagi “Xanteks” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududida o‘tkazilgan mazkur bayram tantanasida partiya faollari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, Mahalla va oilaning qo‘llab-quvvatlash Vvazirligi mutasaddilari, deputatlar, taniqli san’atkor va badiiy ijod vakillari, keng omma ishtirok etdi.

Ko‘tarinki kayfiyat, bayramona shukuh aks etgan tadbirni partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda partiya inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, ehtiyojlari va manfaatlari yo‘lida sidqidildan xizmat qilish,  jamiyatimizning barcha faol qatlamlarini “Yangi O’zbekiston: birgalikda yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirgan holda yurtimizdagi har bir inson farovonligini ta’minlash, Uchinchi Renesans poydevorini qurish borasidagi ulkan ishlarga munosib hissa qo‘shishni o‘z oldiga ustuvor vazifa sifatida qo‘yishga chaqirdi.

Uyushqoqlik bilan tashkil etilayotgan ommaviy tadbirlarda partiya tashkil etilganining ilk kunlarida u bilan birga bo‘lgan faollar, deputatlar, xalqimiz suygan madaniyat va san’at sohasi vakillari, taniqli sportchilar, tadbirkor va fermerlar faol ishtirok etdilar.

-Birgina tadbirkorlik sohasida partiyamizning ulkan hissasini ko‘rish mumkin, - deydi tadbirkor, xaluq deputatlari tuman kengashi deputati Muhabbat Yuldasheva. - Ochig‘i partiyamizning elektorati bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar uchun ham misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Tadbirkor yo‘liga to‘siq bo‘lish davlat siyosatiga xiyonat deb qabul qilindi. Asossiz tekshiruvlarga chek qo‘yildi, eksportyorlar rag‘batlantirildi, ishbilarmonlik tashabbuslari to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. 2020 yilda tadbirkorlik sub’ektlariga 100 trillion so‘m yoki, 2016 yilga nisbatan 4 barobar ko‘p mablag‘ ajratilgani ham bu sohaga juda jiddiy e’tibor qaratilganini ko‘rsatadi.

Mustaqilligimizning 30 yilligi oldidan ochiq osmon ostida o‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlar kuy qo‘shiqlarga ulanib ketmoqda.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    277
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+