Ho‘jaobodda ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar hal etildi

Tashriflar: 37

Sana: 19.09.2017 16:54

Davlatimiz rahbari joriy yilning 12 iyulidagi ma’ruzasida deputatlar faoliyatiga tanqidiy yondashib, ular xalq ichiga yanada chuqurroq kirib borishlari, xalqning eng ishonchli va yaqin suyanchi bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidladilar. O‘tgan vaqt davomida ishonchli vakillarning faoliyatida sezilarli o‘sish bo‘ldi. Aholi o‘zi saylagan deputatlarga to‘la ishonch bilan muammolarini aytadigan, yechimiga ishonadigan bo‘ldilar.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan Xo‘jaobod tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot markazida tashkil etilgan amaliy muloqot deputatlar va aholi vakillari o‘rtasidagi samimiy suhbatga aylanib ketdi.

–Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratayapmiz, – deydi tuman “Suv oqava” DUK  rahbari  Komiljon Dadajonov. – Masalan, ayni kunga qadar hududdagi jami aholini toza ichimlik suvi bilan muntazam ta’minlash maksadida tumanda 3 ta ichimlik suvini aholiga tarqatish suv inshoati  kamchiliklarini butunlay baratarf etishga erishdik. Shuningdek, Tosh ota MFY hududida  1 ta  buloq suvini yer ostidan to‘plash va aholiga tarqatish maqsadida ichimlik suvi inshoati  qurildi va 3 km masofada  ichimlik suvi tarmog‘i  tortish ishlari amalga oshirildi.

–Bugungi muloqotda aholi vakillaridan “Qambar ota” 1-zona suv inshoatidan olinayotgan suv iste’molga yaroqsizligi haqida murojaat kelib tushdi, – deydi Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman kengashi deputati Sharifjon Umaraliyev. – Ushbu inshoat yopiq havza bo‘lganligi sababli, Vazirlar Mahkamasining “Aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish va iste’molchilarni ta’minlash to‘g‘risida”gi qarori asosida gipoxlor kalsiy moddasi bilan zararsizlantirilib, 15 yil muddatga mo‘ljallangan zamonaviy suv filtrlash moslamasi o‘rnatildi. Atroflari tikonli simlar bilan o‘ralib, hududni muntazam ravishda qo‘riqlash xizmati joriy kilindi.

 –Orday va Dilkushod mahallalari aholisi toza ichimlik suvi tanqisligidan qiynalishadi, – deydi mazkur hudud saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Rustamov.– Bu masalaga ham tuman “Suvoqava” bo‘limidan yetarlicha javob oldik.

2018 yilda davlat dasturi asosida Qambar ota 1 suv inshoatida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi natijasida suv hajmi 2000 m3 miqdorida oshirilib,  12 km. masofada joylashgan Orday MFY hududlariga yetarli darajada suv bosimi yetkazib berilishi aytildi.

Tuman Kengashi deputati Shuhratbek Almatovning tumandagi suv yetib bormaydigan hududlarga qanday holatda suv yetkazib berish ishlari amalga oshirilayotganligi haqidagi savoliga ham tegishli javob berildi. Ya’ni, Vazirlar Mahkamasining 41- sonli qaroriga asosan ichimlik suvi yetib bormagan chekka aholi punktlariga maxsus suv tashish texnikasi 3,45 tonna hajmdagi suv sisternalari orqali amalga oshirilmokda. Kelgusida mazkur hududlarda davlat dasturi asosida 2017-2021 yillar davomida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash chora tadbirlari ishlab chiqilgan.

Muloqot yakunida “Suv oqava” DUK rahbari tomonidan Xo‘jaobod tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan muntazam ta’minlanishini yaxshilash maqsadida korxonaga 1 dona “Samsung” ekskovatori  va aqoliga texnik xizmat ko‘rsatuvchi “Damas” avtomashinasi bilan ta’minlanishida amaliy yordam so‘raldi. Uning murojaati deputatlar tomonidan deputatlik so‘rovi orqali yaqin kunlarda hal etiladigan bo‘ldi.

Risolatxon NIYOZOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi deputatlar bilan

 ishlash guruhi yetakchi konsultanti

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!