Xorijda tahsil olayotgan yurtimiz yoshlari salohiyatidan samarali foydalanish tarafdorimiz

20.04.2018, 19:35

Xorijda tahsil olayotgan yurtimiz yoshlari salohiyatidan samarali foydalanish tarafdorimiz

Ayni paytda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati hududida uchta yirik investitsion loyiha – Polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish, Ammiak va karbamid ishlab chiqarish hamda Azot kislotasi ishlab chiqarish korxonalari qurilishi jadal sur’atda davom etmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida ana shu yirik ishlab chiqarish korxonalari qurilishi faoliyati bilan tanishib, bu yerda mehnat qiladigan tajribali muhandis va ishchi xodimlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Xo‘sh, yirik korxonalarda o‘rnatilgan so‘nggi rusumdagi kompyuterlashgan texnika va asbob-uskunalarni kim boshqaradi? Albatta, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan yoshlar boshqaradi. Shu ma’noda davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilayotgan yuqoridagi vazifa O‘zLiDeP zimmasiga ham alohida mas’uliyat yuklaydi. Zero, davlatimiz rahbari tomonidan  Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishida “chet ellardagi yoshlar bilan ishlash masalasi haqida gapiradigan bo‘lsak, afsuski, Oliy Majlis palatalari ham, siyosiy partiyalar ham bu masalaning yaqiniga ham kelgani yo‘q” deya bu boradagi faoliyatimiz asosli tanqid qilingan va galdagi vazifalar belgilab berilgan edi.  

Shundan kelib chiqqan holda partiyamiz bir qator amaliy tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida ijtimoiy tarmoqlar orqali xorijning nufuzli ta’lim darogohlarida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar bilan doimiy muloqot o‘rnatildi.  Ular mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar hamda yoshlar siyosati bo‘yicha olib borilayotgan yangicha islohotlar bilan tanishtirib borilmoqda.

Misol uchun yaqin kunlarda partiya “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda mehnat qilayotgan yurtimiz yoshlari bilan vedeokonferensiya shaklida onlayn muloqot o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Ushbu videokonferensiyaga tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda yirik tadbirkorlik sub’ekti rahbarlari ham taklif etilgan.

Bundan ko‘zlangan maqsad, tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan xorijning nufuzli ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan O‘zbekistonlik yoshlar o‘rtasida o‘zaro amaliy muloqot maydonini yaratish, ularni qiziqtirgan va o‘ylantirayotgan savollarga javob qaytarish hamda ularning Vatanga qaytishi uchun ishga joylashish va kasbiy moslashuvning qulay sharoitlari bilan tanishtirish, bu boradagi takliflarini o‘rganishdan iboratdir.

Bir so‘z bilan aytganda, partiyamiz dunyoning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, jahonning eng rivojlangan mamlakatlarida yashab turib, nufuzli xalqaro tashkilotlarda yoki transmilliy kompaniyalarda ajoyib karera qilayotgan yoxud fan, tibbiyot, san’at va biznesda katta yutuqlarga erishayotgan yoshlarimiz salohiyatidan samarali foydalanish tarafdoridir.

Toir SALIMOV,

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1207
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Тошонов Яздон Каттақўрғон туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат раҳбари2018-12-20 10:02:20

Фаол ижодкор ёшларимизни ижтимоий тармоқларда оммалашиб бораётган партиямиз саҳифалари ва гуруҳларига ҳам кенгроқ жалб қилишимиз керак.


Машраб Казаков 2018-04-30 12:42:00

Муҳтарам юртбшимиз ёшларга бераётган имкониятлардан тўлиқ фойдаланмасак келажакдаги ёшлар бизларни норози бўлишлари аниқ. Чунки биз ёшлар имкониятлардан тўлиқ фойдалансак келажакдаги ёшларга шунча кўп иммкониятлар эшиги очилади.


Сарвиноз Холматова O`zLiDeP Қизилтепа туман бўлими ижрочи котиби2018-04-27 16:49:38

Узбекистон Республикаси Президенти Навоий вилоятига ташриф хусусида тўхталадиган бўлсам, хозир кеча -кундузда Ватанимиз келажаги бўлган ёшларга ва айниқса уюшмаган ёшларни иш билан бандлигини таъминласак, юртбошимиз айтганларидай халқ биздан рози бўлади деб бежизга айтмаганликларининг мана шундай заводларни қурилиши негизада мана шундай улкан мақсадни бирлаштирса нур устига аъло нур бўлурди.Вилоятимизнинг илмга чанқоқ ёшлари иш билан банд бўларди.


Атақулов Отабек Нурмуротович2018-04-27 10:40:24

Президентимиз томонидан вилоятимизга қилинган ташриф асосида амалга ошириладиган ишлар, вилоят фуқаролари ва ёшлари Президентимизнинг домий эътиборида эканлигидан далолатдир.


Farrux Safarov Qarshi shahar2018-04-26 12:26:06

Biznig yoshlar xechkimdan kam emas


Назаров Голибжон Хайруллаевич2018-04-25 10:11:57

Узбекистон Республикаси Президенти навоий вилоятига ташриф буйича жуда яхши ишлар амалга оширилди агар янги заводлар ишга тушса навоий вилоятимизда ишсизлар сони камаярди жуда яхши буларди


Гурлан туманидаги "Мурувваттекс" шўбъа корхонаси БПТ2018-04-24 15:13:41

Ҳозирги кунда ёшларга катта эътибор берилаётгани бежиз эмас. Сабаби юртимизнинг эртанги куни шу ёшлар қўлида. Шунинг учун уларнинг билим олишлари, малака оширишлари, хорижда тахсил олишлари учун улкан шароитлар яратилмоқда. Шундай экан давлатимиз равнақи учун иқтидорли, истеъдодли ёшлардан кенгроқ фойдаланиш мақсадга мувофиқ бўлади.


Fikringizni qoldiring

+