Tadbirkorlar diqqatiga! Biznes yuritish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali xarid qilishingiz mumkin

21.04.2018, 17:13

Tadbirkorlar diqqatiga! Biznes yuritish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali xarid qilishingiz mumkin

Joriy yilning 20 aprel kuni Prezidentimiz “Tadbirkorlik va shaharosozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yangi qarorni imzoladi.

Qarorning eng katta yangiliklaridan biri 2018 yilning 1 iyulidan boshlab yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish elektron auksion orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Xo‘sh, ushbu tizim o‘zi bilan qanday qulayliklarni olib keladi? Avvalo shuni aytish kerakki, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi shaffof tizim bo‘lib, u noqonuniy savdo va korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi. Mazkur tizim yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish va kelishishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkonini taqdim etadi. Buning natijasida yer uchastkalari savdoga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi axborotdan faqatgina tor doiradagi xaridorlar emas, balki ko‘pchilikning xabardor bo‘lishini ta’minlaydi. Ya’ni ilgarigidek, auksionda ishtirok etuvchi xaridorlarning soni sun’iy ravishda cheklanmaydi. Umuman olganda butun jarayon «inson omili» istisno etilgan holda faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

Aytish joizki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan mazkur yangilik tadbirkorlarning naqdini ham vaqtini tejaydi. Endi ular o‘tirgan joylaridan uchun o‘zlariga qulay vaqtda hech qanday byurokratik to‘siqlarsiz onlayn tarzda yer sotib olib biznes boshlashlariga hech qanday monelik yo‘q.

Akbar MUZAFFAROV,

O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya

qo‘mitasi sektor mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    12420
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

husnora2022-04-07 12:02:25

Assalomu Alaykum.Menga Jizzax shaxar Bog'ishamol MFY dan tadbirkorlik uchun yer kerak.Qanday aniqlab , olsak buladi


Mirjalol2022-03-27 00:28:26

Assalomualaykum men g‘isht beznisini yulga quymoqchiman menda meni g‘isht zavod bor menga yer kerak turpog‘li kimga va Qayirda murojat qilsam buladi yer xam ko‘rib qo‘ydim qanday qilib olsam buladi.


Nigora2022-03-12 12:54:03

Менга ер керак чорвачилик Бодорчилик


Hamzabek2021-05-30 14:24:14

Salom menga Quva tumani akbarobod qashlog'idan dokon uchun yer kerak


Hamzabek2021-05-30 14:22:15

Assalomu Alaykun men Farg'ona Quva tumani Akbaroboddan tadbirkorlik uchun qanday qilib yer olsam bo'ladi


MIRSOBITOV AHROR XUSHYOR OGLI2021-05-28 10:17:14

Assalomu aleykum men ozim TDIU talabasiman iqtisot yonalishida oqiman bizni yashash xududimiz uzumzor, bogdorchilik va poliz ekinlariga juda boy xisoblanib axolining asosiy daromatlari dexqonchilik men oz tumanimizda uzumni qayta ishlash ,mevalarni qayta ishlash poliz ekinlarini tuzlash ishlari bilan kichik faoliyat olib boraman faoliyatimni kengaytirish uchun ishlab chiqazishga yani sex uchun 15 -20 sotiq yer maydoni kerak agar yer maydoni bolsa ichki ixozlar ozimizda mavjud va qishloqda ishsizlik soni ham yetarlik shu ishsiz yurgan axolini ish bilan ham taminlagan bolardik eng kami 20 kishi ish bilan taminlangan bolar edi


Islombek2021-05-17 00:28:16

Men toshken shahari chilonzor tumanida anchadan buyon bosh turgan joyni kordim shu joyni olib tadbirkorlik qilmoqchiman menga qanaqa maslaxat beroladiz yaniy yerni olishim uchun mennan nimalar talab qilinadi noldan kridet orqali boshlasam boladimi moyka boyisha


sardor2021-03-15 10:21:03

tadbirkorlik uchun qanday yer olsam bolafi


Alibek 2021-03-15 09:47:09

Salom menga oylaviy beznis uchun yir kerak


Ahadbek Safarov2021-02-15 12:01:57

Assalom aliykum Hayrli kun Menga fermerlik qilish uchun yer kerak edi


Fikringizni qoldiring

+