Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tubdan takomillashtiriladi va sohadagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar bartaraf etiladi

16.05.2018, 09:59

Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tubdan takomillashtiriladi va sohadagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar bartaraf etiladi

Davlatimiz rahbarining “Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror e’lon qilindi. Ushbu qarorda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi hamda sud tergov sohasidagi quyidagi tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligi qayd etildi:

- jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, jinoyat ishlari bo‘yicha sudgacha va sud jarayonida qonuniylikni ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy bo‘shliqlarning mavjudligi; 

- jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish, shuningdek, fuqarolarga yuksak huquqiy madaniyat va qonunga hurmat hissini singdirish borasidagi huquqiy mexanizmlarning yetarli darajada samarador emasligi; 

- alohida turdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun sanksiyalar qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga nomuvofiqligi, jumladan jazoning muqobil turlari, rag‘batlantiruvchi normalar va jamoat ta’sir choralari yetarli darajada qo‘llanilmasligi va samarasizligi; 

- tezkor-tergov tadbirlarini o‘tkazish sifatining qoniqarsizligi va protsessual qonunchilik talablarini buzgan holda olingan ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanilishi;

- xalqaro amaliyotda e’tirof etilgan jinoyat-huquqiy institutlarning yetarli darajada implementatsiya qilinmaganligi, jumladan yuridik shaxslar jinoiy javobgarligining mavjud emasligi;

-sud-tergov faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish juda past darajada ekanligi.

Davlatimiz rahbari o‘z saylovoldi dasturida qonun ustivorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish, kuch adolatda tamoyilini amalga oshirish, sud-huquq sohasidagi islohotlarimizning bosh vazifasi – bu sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarnig huquq va erkinliklari ishonchli himoyasini, odil sudlovning mustahkam kafolatini ta’minlashdan iborat ekanligini ta’kidlagandilar. Shuningdek, saylovoldi dasturida huquqni muhofaza qilish faoliyatida ochiqlik va oshkorolikni ta’minlash, bu borada fuqarolik jamiyati institutlari, OAV va aholi bilan samarali hamkorlik mexanizimlarini keng qo‘llash asosiy vazifamiz deb bilamiz deb qayd etilgan. Shu nuqtai nazardan ham aytish mumkinki, davlatimiz rahbari tomonidan ushbu sohada qabul qilinayotgan farmon va qarorlar, olib borilayotgan tub islohotlarning mantiqiy davomi sifatida ushbu qarorda ham fuqarolarnig huquq va erkinliklari ishonchli himoyasini hamda mustahkam kafolatini ta’minlashga qaratilgan quyidagi: 

- jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish;

- jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirish;

- fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining ta’sirchan va ishonchli muhofaza qilinishini ta’minlash; 

- jinoyat-protsessual qonunchiligi normalarini tizimlashtirish va uyg‘unlashtirish; 

- jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish; 

- jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-taomillarini kiritish; 

- 2018 yil 1 dekabrga qadar Toshkent shahrining Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida “Elektron jinoyat ishi” dastlabki loyihasi amalga kiritiladi, ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish; 

- 2019 yil 1 dekabrga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahrirdagi loyihalarini kiritish kabi vazifalar belgilab berildi.

O‘zLiDeP Saylovoldi dasturining “Partiyaning qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish sohasidagi ustuvor vazifalari” deb nomlangan III- bo‘limida huquqiy davlatni shakllantirish va jamiyatni demokratlashtirish, qonun ustuvorligiga erishish, tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishning eng muhim sharti bo‘lgan sudlarning mustaqilligi va erkinligini amalda ta’minlash belgilab olingan. Shuningdek, sud tizimini yanada rivojlantirish va uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida protsessual harakatlarni maqbullashtirish sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirish, sud qarorlarini ularning rasmiy veb-saytlarida elektron shaklda e’lon qilish tizimini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik sub’ektlari uchun virtual info-kiosklar ochish. Jinoyat, ma’muriy qonunchilikni liberallashtirish jarayonlarini davom ettirish, iqtisodiy jinoyatlarning ba’zi turlarini dekriminallashtirish kabilar taklif etilgan. Aytish joyizki,  qarorda belgilab berilgan vazifalar O‘zLiDePning maqsad va vazifalarini ham amalda ifoda etgan.

Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur qaror asosida nafaqat jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tubdan takomillashtiriladi, sohadagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar bartaraf etiladi. Balki, qarorda belgilab berilgan asosiy yo‘nalish va vazifalar bilan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, jinoyat ishlari bo‘yicha sudgacha va sud jarayonida qonuniylikni ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi omillar bartaraf etiladi.

Nuriddin Murodov

O‘zLiDeP Siyosiy Kengash

Ijroiya qo‘mitasi kotibiyat mudiri,

guruh rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2501
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

"Баркамол" БПТ раиси Султонов Аббос2018-05-16 13:42:07

Президентимиз томонидан олиб борилаётган ислохотлар замирида биринчи галда инсонларнинг маанфатлари кўзда тутилмоқда. Бу эса барчамизни кувонтирмасдан қўймайди. Юрбошимизга мана шундай улкан ишларида зафарлар тилаймиз ва доимио бирга ёнларида бўламиз.


Хасанова Дилфуза Рахимовна Учкуприк Коракул КВП БПТ раиси2018-05-16 10:37:49

Бу карорнинг чикиши биз тадбиркорларнинг муоммоларимизни хал этишни ва камчиликларимизни бартараф этилишининг асоси хисобланади.


Fikringizni qoldiring

+